Moliyaviy hisob va hisobat


Quyidagilar qayta baholanmaydi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə24/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debeti bo‘yicha.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jamg‘arish usuli qo‘llanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti bo‘yicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti bo‘yicha — ularning uzoq muddatli qismi;
b) salbiy kurs farqi — 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti bo‘yicha — ularning joriy qismi va (yoki) 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti bo‘yicha — ularning uzoq muddatli qismi.
Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xohish-istagiga ko‘ra bevosita kiritish yo‘li bilan) yoki jamg‘arish yo‘li bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi.
Jamg‘arish usulini qo‘llash natijasida jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha — ularning to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha;
b) boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) valyuta bozoridagi bitim kursi bo‘yicha hisob-kitob schyotidan so‘m mablag‘larini o‘tkazish (ko‘chirish):
Debet 5530
Kredit 5110
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidanyuqori bahoda xarid qilinganda:
Debet 5210
Debet 9620
Kredit 5530
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidanpast bahoda xarid qilinganda:
Debet 5210
Kredit 5530
Kredit 9540
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi bo‘yicha valyuta schyotidan o‘tkazilishi (ko‘chirilishi):
Debet 5530
Kredit 5210
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
Debet 5110
Kredit 5530
Kredit 9540
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
Debet 5110
Debet 9620
Kredit 5530



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə