Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə23/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Valyuta kursi — chet el valyutalarining O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki belgilagan so‘mga doir narxi.
Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarni) chet el valyutasida xarid qiladigan yoki sotadigan;
b) to‘lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasida belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan;
c) zimmasiga chet el valyutasida majburiyat oladigan yoki uni so‘ndiradigan hollarda chet el valyutasida sodir etiladigan bitimlar hisoblanadi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
c) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
d) chet el valyutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish;
e) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
f) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansning valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi. Baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag‘lari, shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
c) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;
d) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va pul qarzlar.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə