Moliyaviy natijalar to‘G‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari rayimov A’zamjon Ruzievich


Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi



Yüklə 143 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü143 Kb.
#139230
1   2   3   4   5   6
Rayimov A’zamjon Ruzievich2 uzb

Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i;
- aksiz solig‘i;
- reklama solig‘i;
- mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning, odatda, ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir. Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob raqamiga puli kelib tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo‘shish, sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib kelindi.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib, hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olish bilan xarakterlanadi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob-kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija – foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.
3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog‘lanishlarda, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə