Debet 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” - 1246800
Kredit 2310 “Yоrdamchi ishlab chiqarish” - 1246800
- yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda: Debet 2110 “Yarim tayyor mahsulotlar” - 546800
Kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” -546800
-yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslamalar, xo‘jalik jihozlari olinganda: Debet 1000 “Materiallar” -785400
Kredit 2310 “Yоrdamchi ishlab chiqarish” -785400
-yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining kapital investitsiya sifatida tan olinganda: Debet 0890 “Boshqa kapital quyilmalar” - 582300
Kredit 2310 “Yоrdamchi ishlab chiqarish” -582300
-yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilganda: Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” -3161300
Kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” -3161300
-yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini davr xarajatlari hisobi schyotlariga o‘tqazilganda: Debet 9400 “Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar”-843100
Kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”-843100
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarish
xarajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish
ob’ektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida keltirilgan tartibga
muvofiq taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi
har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s
jurnal-orderda alohida yuritiladi. Bu jurnal-order ma’lumotlari asosida yordamchi
41
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni umumlashtiruvchi ma’lumotga ega bo’lаdi.