43
III-BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA BAJARILGAN ISHLAR
TANNARXINI KALKULYASIYA QILISH VA UNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
3.1. Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya
qilish
Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi,
normativ tannarxi
va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda,
qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish
ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyasiya qilish
quyidagi maqsadlarda o‘rganiladi:
- qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgan sarf-xarajatlar
summasini;
- tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni;
- qurilish ishlari sotish tannarxini;
- sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija
(foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
SHuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini
kalkulyasiya qilish reja
tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni aniqlashga,
ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. SHu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyasiya
qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur
ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda
kalkulyasiya qilinishi
mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va
hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: