3.2. Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilish o‘ziga
xos jihatlari mavjud, jumladan qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi
va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Qurilish ishlarning o‘ziga xos
xususiyatlari qurilish ishlari boshlanishidan oldin reja yoki normativ tannarx
aniqlanadi. Qurilish ishlari yakunlangach reja tannarxida bajarilishi kerak bo‘lgan
ishlar haqiqiy tannarx bilan solishtirilgan holda buyurtmachilarga topshiriladi.
Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida
foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-
son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish
46
ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
- qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi bajarilgan
qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik beruvchi tegishli
hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
- olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi;
- bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan tushum qurilish
tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini kamayishiga
olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi;
- buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi oldidagi
majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi.
Bajarilgan qurilish ishlari pudratchi, buyurtmachi, investorlar va boshqa
qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiya tomonidan qabul
qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish ob’ekt loyihasida ko‘rsatilgan talablar,
me’yorlar va tartiblar asosida ularni kuzatish, o‘lchash, sinab ko‘rish, sifatini
aniqlash hamda tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish
tashkilotlarida
bajarilgan
qurilish
ishlaridan
olinadigan
daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu
usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.To‘liq tugallanish usuli;
2.Tugallanish foizi usuli;
3.Bosqichli usul;
To‘liq tugallanish usulida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar qurilish
ishlari to‘liq yakunlangan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng yuqorida
nomlari zikr etilgan dalolatnoma va ma’lumotnomalar asosida tan olinadi. Qurilish
ishlari to‘liq yakunlanmaguncha unga sarflangan barcha xarajatlar tugallanmagan
qurilish sifatida hisobga olib boriladi. «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar)
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida bajarilgan ishlardan
olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 4010 «Olinadigan schyotlar»
47
Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan daromad»
Tugallanish foizi usuli qo‘llanilganda dastlab yaxlit qurilish ob’ektining
tugallanish foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich jami ketgan sarf-xarajatlarni qurilish
ob’ektining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan
topiladi. Topilgan tugallanish foizi qurilish ishining tugallangan qismiga to‘g‘ri
keluvchi daromad qismini topishga asos bo‘ladi. Qurilishning tugallangan qismiga
to‘g‘ri keluvchi daromad uning jami smeta bo‘yicha kelishuv qiymatini (QQS siz)
tugallanish foiziga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali topiladi.
Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan olish usulida qurilishning
tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda
buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar)
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi. Ushbu
hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad
hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya
yozuvlari beriladi.
Bosqichli usul qurilish ob’ektining tarkibiy qismlarini bosqichma- bosqich
topshirish hollarida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashning asosiy shartlaridan biri
bo‘lib qurilish loyihasi va qurilish loyiha-smeta hujjatlarida uning alohida olingan
tarkibiy qismlarining shartnoma qiymati hamda smeta tannarxini alohida
belgilanganligi hisoblanadi. Bunday holatlarda qurilish ob’ektining alohida olingan
tarkibiy qismi (bosqichi)ga doir daromad va tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar
«Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» hamda KS-6 shakldagi hisob registrlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar
asosida qurilish ishining alohida bosqichini bajarishdan olingan daromad va QQS
summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlarning
analitik hisobi 16-s ishlov qaydnomasida yuritiladi. Ushbu ishlov qaydnomasida
tahliliy ma’lumotlar buyurtmachilar hamda ular uchun bajarilgan qurilish
ishlarining turlari bo‘yicha mujassamlashtiriladi.
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish
48
ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga
sarflangan xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan xarajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq
moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab
chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyasiya qilinishi
mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va
hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi xarajat ob’ekti sifatida
qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyasiya qilish qurilish ob’ektiga
(buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob
ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga
oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar
bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyasiya
kartochkasining tegishli xarajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi.
Kalkulyasion kartochkaning alohida ustunchalarida xarajat moddalari
bo‘yicha ularning reja yoki normativ miqdori hamda yuz bergan chetlanishlar
ko‘rsatiladi. Kartochka ma’lumotlari qurilish ishi xarajatlarini qay darajada to‘g‘ri
rejalashtirilganligi yoki ular bo‘yicha normativlarning to‘g‘ri belgilanganligiga
baho berishga, reja yoki normativlardan chetlanishlarning sabablari, aybdorlari va
boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlarini qabul
qilishga imkon beradi.
Jarayonli usul qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lum jarayonlar,
chunonchi loyihalashtirish, qurishga tayyorlash, ob’ektni qurish, jihozlarni
o‘rnatish, sinash va topshirish kabi jarayonlar tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi.
Har bir jarayonga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlar majmuasi uning haqiqiy tannarxini
tashkil etadi. Ushbu haqiqiy tannarx summasi keyingi jarayon uchun
tugallanmagan
qurilish
qiymati
bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarini
49
buyurtmachilarga jarayonlar bo‘yicha topshirish pudrat shartnomalarida ko‘zda
tutilgan hollarda tugallangan jarayonning haqiqiy tannarxi buyurtmali usulda
keltirilgan tartibda kalkulyasiya qilinadi. Ushbu kalkulyasiya ma’lkumotlari
topshirilgan jarayon qiymatini sotish tannarxi sifatida hisobga olish uchun asos
bo‘lib hisoblanadi.
Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) pudrat shartnomalariga ko‘ra
qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foiziga ko‘ra topshirish ko‘zda
tutilganda qo‘llaniladi. Qurilishning tugallanish foizi hisobot oyning oxirida jami
haqiqatda ketgan sarf-xarajatlarni qurilish ishlarining smeta tannarxiga bo‘lish va
100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob asosida topilgan qurilish
ishlarining haqiqiy tannarxi buyurtmachilarga topshirilgan ishlarning tannarxi
(sotish tannarxi) sifatida hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |