50
XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitida
mulkchilikning
xilma-xil
shakllarining vujudga kelishi hamda xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarining
joriy etilishi qurilish tashkilotlarida buxgalteriya
hisobi borasida talaygina
muammolarni vujudga keltirdi. Bugungi kunning talabi nuqtai nazaridan olib
qaraydigan bo‘lsak, asosiy e’tibor qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish va bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilish
bo‘yicha muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni
takomillashtirishga qaratilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining yuqoridagi qurilish
tashkilotlarida ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olish va bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya
qilishning hozirgi holati, bu boradagi kamchiliklar, ularni bartaraf etishning
imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi. Yuqorida bildirilgan
fikrlardan kelib chiqib,
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish borasidagi muammolar
va ularni barataraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va
bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini yuritish. Bunda ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olishda BHMS ga amal qilish va bajarilgan ishlar tannarxini
kalkulyasiya qilishda hisob siyosatiga muofiq o‘ziga
mos usulni tanlash muhim
hisoblanadi.
2. Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda 21-
son BHMS ga asosan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 2010 schyotda aks
ettiriladi. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga hos
xususiyatlarini hisobga olgan holda va qurilish ishlarining turli xil usulda
kalkulyasiya qilinishini hisobga olib quyidagi subschyotlarni kiritishni taklif
etamiz:
- 2011-buyurtmali usulda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;
51
- 2012-jarayonli usulda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;
- 2013-
hissali usul(yoki tugallanish foizi usuli)da asosiy ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish
3. Hisob siyosati mazmunan to‘liq va to‘g‘ri bo‘lishi
uchun qurilish
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos hususiyatlarini
hisobga olib qo‘yidagi ma’lumotlarni kiritish muhim deb hisoblaymiz:
qurilish tashkiloti tomonidan buxgalteriya hisobi usullarini tanlash;
buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir me’yoriy hujjatlarda belgilangan
variantlar;
me’yoriy hujjatlarda keltirilmagan qoidalar bayoni;
qonunchilikdagi ziddiyatlar va takomillashmaganlikdan kelib chiqadigan
holatlar;
xo‘jalik yuritish xususiyatlari, qaysi tarmoqqa
qarashlilik va boshqa shart-
sharoitlardan kelib chiqadigan hisob yuritish uslublarini qo‘llash xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: