Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

II bob bo’yicha xulosa 
Xulosa qilib aytganda, qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisobga olish jarayoniga atroflicha tuxtalib o‘tildi. Unda qurilish tashkilotlarida 
asosiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish tartibi keltirib o‘tildi. Qurilish 
tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish ishlari 
ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining hisobini 
yuritish tartibiga to‘xtalib o‘tildi. Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish 
deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan 
yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati 
tushuniladi. 
Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va ularning 
taqsimoti atroflicha yoritib berildi. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini 
yuritishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisobga olish tartibi jadvallardan foydalangan holda yoritib berildi. Qurilish 
tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab 
chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan xarajatlar hisobini 2500 “Umumishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” tizimida alohida olib borishlari mumkin.


43 
III-BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA BAJARILGAN ISHLAR 
TANNARXINI KALKULYASIYA QILISH VA UNING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
3.1. Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya 
qilish 
Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi 
va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, 
qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish 
ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyasiya qilish 
quyidagi maqsadlarda o‘rganiladi:
- qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgan sarf-xarajatlar 
summasini;
- tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni;
- qurilish ishlari sotish tannarxini;
- sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija 
(foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
SHuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyasiya qilish reja 
tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni aniqlashga, 
ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. SHu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyasiya 
qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur 
ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyasiya qilinishi 
mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va 
hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə