Moliyaviy tahlil


 Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

2.3. Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining 
hisobi va ularning taqsimoti 
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga 
muvofiq umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan xarajatlar hisobini 2500 
«Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida 
olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda, 
chunonchi, quyidagi xarajatlar aks ettiriladi: 
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya 
qilish xarajatlari; 
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; 
b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; 
v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari; 
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari; 
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish 
xarajatlari; 
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish 
xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» 
schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari 
yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy 
oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan xarajatlar qurilish tashkiloti hisob 
siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va 
yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) xarajatlariga olib boriladi. Umumishlab 
chiqarish xarajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-
mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa 
tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlarining qolgan moddalari ham mos 
ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.


42 
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi 
umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-
orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə