Moliyaviy tahlil


 Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

3.2. Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya 
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilish o‘ziga 
xos jihatlari mavjud, jumladan qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi 
va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Qurilish ishlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari qurilish ishlari boshlanishidan oldin reja yoki normativ tannarx 
aniqlanadi. Qurilish ishlari yakunlangach reja tannarxida bajarilishi kerak bo‘lgan 
ishlar haqiqiy tannarx bilan solishtirilgan holda buyurtmachilarga topshiriladi.
Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida 
foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-
son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish 


46 
ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish 
uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim: 
- qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi bajarilgan 
qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik beruvchi tegishli 
hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
- olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi; 
- bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan tushum qurilish 
tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini kamayishiga 
olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi; 
- buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi oldidagi 
majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi.
Bajarilgan qurilish ishlari pudratchi, buyurtmachi, investorlar va boshqa 
qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiya tomonidan qabul 
qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish ob’ekt loyihasida ko‘rsatilgan talablar, 
me’yorlar va tartiblar asosida ularni kuzatish, o‘lchash, sinab ko‘rish, sifatini 
aniqlash hamda tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida amalga oshiriladi. 
Qurilish 
tashkilotlarida 
bajarilgan 
qurilish 
ishlaridan 
olinadigan 
daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu 
usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.To‘liq tugallanish usuli; 
2.Tugallanish foizi usuli; 
3.Bosqichli usul; 
To‘liq tugallanish usulida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar qurilish 
ishlari to‘liq yakunlangan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng yuqorida 
nomlari zikr etilgan dalolatnoma va ma’lumotnomalar asosida tan olinadi. Qurilish 
ishlari to‘liq yakunlanmaguncha unga sarflangan barcha xarajatlar tugallanmagan 
qurilish sifatida hisobga olib boriladi. «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) 
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida bajarilgan ishlardan 
olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi: 
Debet 4010 «Olinadigan schyotlar» 


47 
Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan daromad» 
Tugallanish foizi usuli qo‘llanilganda dastlab yaxlit qurilish ob’ektining 
tugallanish foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich jami ketgan sarf-xarajatlarni qurilish 
ob’ektining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan 
topiladi. Topilgan tugallanish foizi qurilish ishining tugallangan qismiga to‘g‘ri 
keluvchi daromad qismini topishga asos bo‘ladi. Qurilishning tugallangan qismiga 
to‘g‘ri keluvchi daromad uning jami smeta bo‘yicha kelishuv qiymatini (QQS siz) 
tugallanish foiziga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali topiladi.
Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan olish usulida qurilishning 
tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda 
buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) 
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi. Ushbu 
hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad 
hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya 
yozuvlari beriladi.
Bosqichli usul qurilish ob’ektining tarkibiy qismlarini bosqichma- bosqich 
topshirish hollarida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashning asosiy shartlaridan biri 
bo‘lib qurilish loyihasi va qurilish loyiha-smeta hujjatlarida uning alohida olingan 
tarkibiy qismlarining shartnoma qiymati hamda smeta tannarxini alohida 
belgilanganligi hisoblanadi. Bunday holatlarda qurilish ob’ektining alohida olingan 
tarkibiy qismi (bosqichi)ga doir daromad va tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
«Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» hamda KS-6 shakldagi hisob registrlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar 
asosida qurilish ishining alohida bosqichini bajarishdan olingan daromad va QQS 
summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi. 
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlarning 
analitik hisobi 16-s ishlov qaydnomasida yuritiladi. Ushbu ishlov qaydnomasida 
tahliliy ma’lumotlar buyurtmachilar hamda ular uchun bajarilgan qurilish 
ishlarining turlari bo‘yicha mujassamlashtiriladi.
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish 


48 
ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan xarajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq 
moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 
5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab 
chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyasiya qilinishi 
mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va 
hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi. 
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi xarajat ob’ekti sifatida 
qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyasiya qilish qurilish ob’ektiga 
(buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob 
ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga 
oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar 
bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyasiya 
kartochkasining tegishli xarajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi. 
Kalkulyasion kartochkaning alohida ustunchalarida xarajat moddalari 
bo‘yicha ularning reja yoki normativ miqdori hamda yuz bergan chetlanishlar 
ko‘rsatiladi. Kartochka ma’lumotlari qurilish ishi xarajatlarini qay darajada to‘g‘ri 
rejalashtirilganligi yoki ular bo‘yicha normativlarning to‘g‘ri belgilanganligiga 
baho berishga, reja yoki normativlardan chetlanishlarning sabablari, aybdorlari va 
boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishga imkon beradi. 
Jarayonli usul qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lum jarayonlar, 
chunonchi loyihalashtirish, qurishga tayyorlash, ob’ektni qurish, jihozlarni 
o‘rnatish, sinash va topshirish kabi jarayonlar tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Har bir jarayonga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlar majmuasi uning haqiqiy tannarxini 
tashkil etadi. Ushbu haqiqiy tannarx summasi keyingi jarayon uchun 
tugallanmagan 
qurilish 
qiymati 
bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarini 


49 
buyurtmachilarga jarayonlar bo‘yicha topshirish pudrat shartnomalarida ko‘zda 
tutilgan hollarda tugallangan jarayonning haqiqiy tannarxi buyurtmali usulda 
keltirilgan tartibda kalkulyasiya qilinadi. Ushbu kalkulyasiya ma’lkumotlari 
topshirilgan jarayon qiymatini sotish tannarxi sifatida hisobga olish uchun asos 
bo‘lib hisoblanadi. 
Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) pudrat shartnomalariga ko‘ra 
qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foiziga ko‘ra topshirish ko‘zda 
tutilganda qo‘llaniladi. Qurilishning tugallanish foizi hisobot oyning oxirida jami 
haqiqatda ketgan sarf-xarajatlarni qurilish ishlarining smeta tannarxiga bo‘lish va 
100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob asosida topilgan qurilish 
ishlarining haqiqiy tannarxi buyurtmachilarga topshirilgan ishlarning tannarxi 
(sotish tannarxi) sifatida hisobga olinadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə