Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

III bob bo’yicha xulosa 
Xulosa qilib aytganda, 3-bobda qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar 
tannarxini kalkulyasiya qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlariga atroflicha 
tuxtalib o‘tildi. Unda qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini 
kalkulyasiya qilish tartibi keltirib o‘tildi. Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli 
usullarda kalkulyasiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar 
bo‘lib buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullari atroflicha amaliy 
ma’lumotlar asosida yoritib berilgan bo‘lib har bir hisoblash usuliga alohida 
tuxtalib o‘tilgan. Qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya 
qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga tuxtalib o‘tildi. Qurilish tashkilotlarida 
bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilish o‘ziga xos jihatlari mavjud, 
jumladan qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi 
hisob-kitob qilinadi. Qurilish ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari qurilish ishlari 
boshlanishidan oldin reja yoki normativ tannarx aniqlanadi. Qurilish ishlari 
yakunlangach reja tannarxida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar haqiqiy tannarx bilan 
solishtirilgan holda buyurtmachilarga topshiriladi.


50 
 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
sharoitida 
mulkchilikning 
xilma-xil 
shakllarining vujudga kelishi hamda xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarining 
joriy etilishi qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi borasida talaygina 
muammolarni vujudga keltirdi. Bugungi kunning talabi nuqtai nazaridan olib 
qaraydigan bo‘lsak, asosiy e’tibor qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish va bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilish 
bo‘yicha muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni 
takomillashtirishga qaratilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining yuqoridagi qurilish tashkilotlarida ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olish va bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya 
qilishning hozirgi holati, bu boradagi kamchiliklar, ularni bartaraf etishning 
imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib,
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish borasidagi muammolar 
va ularni barataraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 
1. Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va 
bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyasiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini yuritish. Bunda ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olishda BHMS ga amal qilish va bajarilgan ishlar tannarxini 
kalkulyasiya qilishda hisob siyosatiga muofiq o‘ziga mos usulni tanlash muhim 
hisoblanadi.
2. Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda 21-
son BHMS ga asosan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 2010 schyotda aks 
ettiriladi. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga hos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda va qurilish ishlarining turli xil usulda 
kalkulyasiya qilinishini hisobga olib quyidagi subschyotlarni kiritishni taklif 
etamiz: 
- 2011-buyurtmali usulda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish; 


51 
- 2012-jarayonli usulda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish; 
- 2013-
 
hissali usul(yoki tugallanish foizi usuli)da asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish 
3. Hisob siyosati mazmunan to‘liq va to‘g‘ri bo‘lishi uchun qurilish 
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos hususiyatlarini 
hisobga olib qo‘yidagi ma’lumotlarni kiritish muhim deb hisoblaymiz: 
qurilish tashkiloti tomonidan buxgalteriya hisobi usullarini tanlash; 
buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
variantlar; 
me’yoriy hujjatlarda keltirilmagan qoidalar bayoni; 
qonunchilikdagi ziddiyatlar va takomillashmaganlikdan kelib chiqadigan 
holatlar; 
xo‘jalik yuritish xususiyatlari, qaysi tarmoqqa qarashlilik va boshqa shart-
sharoitlardan kelib chiqadigan hisob yuritish uslublarini qo‘llash xususiyatlari. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə