Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
3.8. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan 
mablag’larining muhim manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga 
soluvchi qonunlar ta’sirida ko’p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular 
korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa 
muomalalarini amalga oshirish bo’yicha xizmat qiladi. 
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish 
munosabatlari ixtiyoriy asosda bo’lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida 
tuziladi. Kreditlar xo’jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o’z aylanma 
mablag’lariga ega bo’lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obyektlari 
uchun beriladi. 
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda 
obyektlar uchun kredit berishdan subyektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga 
yoki iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o’tish amalga 
oshirilmoqda. 
Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan 
kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to’lovlik va 


126 
ta’minlanganlik tamoyillariga qat’iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining 
huquqiy asosini qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
16
Kredit berish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bank 
qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar 
asosida tartibga solinadi. Тuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib 
olinadi: kredit berish obyekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish 
va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to’lash 
tartibi, kredit berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari 
va mas’uliyati, hujjatlar ro’yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa 
shartlar. 
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi 
hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va 
boshqa hujjatlar topshiradi. 
Shartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to’lash qobilyatini sinchiklab 
tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan 
foydalanadi, kerak bo’lsa joylarda oldindan tekshiruv o’tkaziladi. Agar bu 
hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit 
berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo’jalik yurituvchi subyekt kredit olgandan 
so’ng kreditni to’liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko’rsatilgan tartib va 
muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo’jalik - moliyaviy 
faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarni topshirib 
turadi. 
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. 
Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. Chunonchi, 
qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan 
16
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банклар фаолияти тўғрисида» 1996 йил 25 апрел, Ўзбекистон 
Республикаси Қонуни «Марказий банк тўғрисида» ги қонунлари 2005й 25 декабрь.


127 
tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, 
lekin 30 kundan oshmasligi kerak. 
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani 
tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, 
qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga 
oshirishga olinadi. 
Bank kreditlarini olish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa 
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida 
aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo’lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga 
qaytarilmagan qarzlar summasini ko’rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini, 
kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi. 
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar 
debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to’liq 
qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi. 
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq 
muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to’lanadigan foiz summasi moliyaviy 
faoliyat bo’yicha xarajatga o’tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun 
hisoblangan foiz summasiga 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti 
debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank 
muassasalariga o’tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti 
debetlanib, 5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi. 
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va 
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo’yicha yuritiladi. Bank kreditlarining 
hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi. 
Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog’
uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha savdo 


128 
tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng 
rivojlanmoqda. 
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa 
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida 
hisobga olinadi. Bu muomalalar bo’yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - 
kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 4720 
«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu 
schyotlar aktiv bo’lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu 
qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar quyidagi yozuvlar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha topshiriq - majburiyatni to’lash uchun 
bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning 
qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti. 
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo’yicha o’z qarzlarini 
qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t 
6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog’ qurilishi uchun banklardan 
kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog’ uylarini qurish uchun 
kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi», K-t 
5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot. 
Bankdan olingan qarz to’langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot. 
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga 
foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, 
uy-joylarini kengaytirish uy-ro’zg’orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning 
bo’sh mablag’lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha 


129 
buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Хodimlarning boshqa qarzi», K-

5010 
yoki 
5110 
schyot. 
Ushbu 
kreditlar 
qaytarilganda 
aksincha 
rasmiylashtiriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan 
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa 
muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) 
bo’lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo’ladigan hisob-kitob 
muomalalari 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» 
schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo’lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz 
beruvchilardan davlat va xorijiy valutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb 
qilingan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar holati to’g’risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 
7820 schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar 
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar, 
xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo’li bilan chetdan mablag’lar jalb 
qilish, shuningdek berilgan veksellar bo’yicha qarzlar bilan bog’liq bo’lgan 
muomalalar 6830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar», 6840«Тo’lanadigan veksellar», 
7830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «Тo’lanadigan veksellar» 
schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo’lib qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar chiqarib sotilsa 
yoki veksellar berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 
6830 yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olinsa yoki 
berilgan veksellar summasi to’lansa, aksincha o’tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq 
muddatli qimmatli qog’ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning 
sotib olinishi yoki veksellar summasining to’lanishi 7830 va 7840- schyotlarini 
qo’llagan holda shunday rasmiylashtiriladi. 


130 
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar summasiga 
9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan 
foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to’lansa 6920- schyoti debetlanib 
5010, 5110- schyotlari kreditlanadi. 
Yuqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning 
shakllari, qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo’yicha yuritiladi. 
Qisqa muddatli qarzlar ko’pincha qarz majburiyatlari bo’yicha olingan tijorat 
kredit xarakteriga ega.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə