Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Eksport operatsiyalarining tahlili



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə305/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   316
642a946f5e25f (1)

Eksport operatsiyalarining tahlili


Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun:


Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta
ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir.
Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayot- gan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga yaqinlashtirishni talab etadi.
To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak. Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shart- sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan.

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə