Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə301/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   316
642a946f5e25f (1)

Tarmoqlar riski – iqtisodiyotda tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan risk. Shunga ko‘ra barcha tarmoqlarni guruhlarga ajratish mumkin:

  1. sikllik tebranishlarga ta’sirchan tarmoqlar;

  2. sikllik tebranishlarga kamroq ta’sirchan tarmoqlar;

Bundan tashqari tarmoqlarni «o‘lib borryotgan»; «barqaror ishlayot- gan»; «tezda o‘sib borayotgan» yosh tarmoqlarga ham bo‘lish mumkin.
Kredit riski – qimmatli qog‘ozlarni chiqargan emitent chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar yoki asosiy qarzning qaytara- olmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan risk.
Foiz riski – bozordagi stavkalarning o‘zgarishi natijasida investor- larning zarar ko‘rishi bilan bog‘liq bo‘lgan risk. Ma’lumki, bozor foiz darajasining pasayishiga olib keladi.
Bozor riski – bozor umumiy faoliyatining pasayishi sababli qim- matli qog‘ozlar narxining pasayishi natijasida investorlarning zarar ko‘rishi.
Mamlakat riski – tarmoqlar riskiga o‘xshash. Shu bilan birgalikda bu riskning o‘zgarishiga korxonaning faoliyati ham ta’sir qiladi. Bunga mos ravishda korxonalar konservativ, agressiv va ularning har ikkalasini birgalikda ko‘radigan «oqilona» korxonalarga bo‘lish mumkin.
Qaytarib olish riski – qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar darajasidan oshganligi sa- babli emitentning shu obligatsiyani qaytarib olishi natijasida investor- larning zarar ko‘rish riski.
Qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab operatsiyalardan iborat bo‘lib, ularning qay biri qachon va qaysi shartlar bilan ishlashi, portfelni kim boshqarishi bilan belgilanadi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli uning egasi yoki egasining topshirig‘iga ko‘ra alohida shaxs tomonidan boshqarilishi mumkin.
Biz quyida portfelni uning egasi tomonidan boshqarilish jarayonida sodir bo‘ladigan operatsiyalarining asosiylari bilan tanishtirib o‘tamiz. Portfelni uning egasi topshirig‘i bo‘yicha boshqa shaxs boshqarganda ham shu operatsiyalarning aksariyati bajariladi. Boshqarishning ikkala usuli mazmunan bir-biridan keskin farq qilmaydi. Ularning farqi operatsiyalarni amalga oshirish shaklida bo‘ladi. Ya’ni portfel egasi hamma vaqt o‘z nomidan ish ko‘radi, ikkinchi usulda esa alohida shaxs uning topshirig‘i bo‘yicha boshqaruv operatsiyalarini bajaradi.
Bu operatsiya fond bozori konyunkturasini o‘rganish va prognoz qilish, qonunchilik haqida ma’lumot yig‘ish, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar bo‘yicha uslubiy va me’yoriy hujjatlar tayyorlash, kasbiy tayyorlash, portfel umumiy strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, portfelni boshqarishni nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlarni baholash, dividend siyosatini yaratish va amalga oshirish kabi o‘ta muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarishni tashkil etish jarayonida bu operatsiya o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil qilish yuqoridagilar bilan chegaralanib qolmaydi. Portfel holatini u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish, risklar va likvidlik darajasini baholash, xususiylashtirish jarayonini tayyorlash va amalga oshirish kabi hatti-harakatlar ham portfelni boshqarish operatsiyasining tarkibiy qismlari hisoblanadi.

  1. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish asosida investitsiya qilish. Bu operatsiyani amalga oshirish uchun oldindan maxsus fondlar yoki alohida schotlarda pul mablag‘lari asta-sekin jamg‘arilib boriladi.

  2. Qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash, muomalaga chiqarish va birlamchi tarqatishni tashkil etish.

  3. Qimmatli qog‘ozlarni bevosita sotish bilan bog‘liq hatti- harakatlar.

  4. Qimmatli qog‘ozlar egasi almashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ayrim hodisalar (masalan, almashuv, sovg‘a qilish, merosga berish va h.k.),

  5. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil qilish.

  6. Qimmatli qog‘ozlarni zarur hollarda garov sifatida ishlatish.

  7. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish.

  8. Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish yoki qarzga olish.

  9. Qimmatli qog‘ozlarni sug‘urta qilish.

  10. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ehtimol tutilgan zararlarni qoplash maqsadida zaxira tashkil qilish va ishlatish.

  11. Buzilgan, yo‘qolgan qimmatli qog‘ozlarni almashtirish.

  12. Qimmatli qog‘ozlarning operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish.

  13. Qimmatli qog‘ozlarning bir turini boshqa bir turiga almashtirish.

  14. Qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish bilan bog‘liq mahkamaviy ishlarni bajarish.

Qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish uning egasi tomonidan amalga oshirilganda korxonada bu ish bilan shug‘ullanadigan maxsus fond (yoki investitsiya) bo‘limi (boshqarmasi) yoki qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘limi (boshqarmasi) tashkil etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar portfelining egasi mazkur jarayonni bosh- qarishni o‘zi xohlamasa, bu ishni fond bozorida maxsus tashkil etilgan ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma bilan topshirishi mumkin.
Korxonalar sotib olgan qimmatli qog‘ozlarni va ulardan foydalanishni tahlil qilishda quyidagi jihatlarni ham ko‘rib o‘tadilar. Qimmatli qog‘ozlar uzoq va qisqa muddatga qo‘yilganligi, reja bo‘yicha yoki rejada belgilanmaganligi, reja bo‘yicha qaytimi hamda haqiqatdagi qaytimi, bozor bahosini o‘sishi yoki kamayishi, ulardan foydalanishning muqobil yo‘nalishlari ularning har birining alohida turi bo‘yicha solishtirib chiqiladi.
Bu bilan moliyaviy qo‘yilmalardan qay darajada foydalanish holatini yillar bo‘yicha ham o‘rganish mumkin. U holda qimmatli qog‘ozlarning har bir yildagi qiymati (narxi oshishi yoki pasayishi ko‘rsatilgan holda) keltirilgan foizlari hamda ularning farqlari o‘rganib chiqilib muqobil variantlar bilan taqqoslanadi.
Albatta, moliyaviy qo‘yilmalardan keladigan foizlarni hisoblashda u bo‘yicha ishlab chiqilgan davlat soliq siyosatini ham ko‘rib chiqish zarur. Chunki, soliqlar olinadigan foyda summasini kamaytiradi.
Fikrimizcha, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga mablag‘larni bo‘sh turgan pul mablag‘lari yoki yetarli imkoniyatda foydalanilmayotgan asosiy va oborot fondlarini qo‘yilsa, korxona uchun samaraliroq bo‘lar edi.

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə