Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə300/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   316
642a946f5e25f (1)

Kapital risk – qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan barcha mablag‘lar
uchun umumiy risk bo‘lib, u zarar ko‘rmasdan kapitalni qaytarib olol- maslik holati bilan belgilanadi. Fondlar bozorida yirik tanazullar ro‘y bergan paytda (masalan, 1998-yilda Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Indoneziya, Malayziya va h.k. davlatlarda) kapital risk ruyobga chiqadi.
Qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan bog‘liq risk natijasida qimmatli qog‘ozlar chiqarish qayta ro‘yxatga olinishi, bekor qilinishi, uning shartlari tubdan o‘zgarishi mumkin. Natijada emitent va investor qo‘shimcha xarajatlar qilishi va moddiy yo‘qotishlarga duchor bo‘lishi mumkin.
Vaqt bilan bog‘liq risk 2-qimmatli qog‘ozni sotib olish yoki sotish uchun noqulay vaqt tanlangan holatlarda yuz beradi. Qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olishga mavsumiy (agrar, savdo firmalari qimmatli qog‘ozlari) yoki qayta ishlab chiqarish sikllarining ta’siri o‘ta aniq seziladi.
Tanlash riski — qimmatli qog‘ozlarlarning serdaromad va ishonchli turlarini tanlay olmaslik holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar investitsion sifatlarini to‘g‘ri baholay olmagan vaziyatlarda tanlash riski ro‘y beradi.
Likvidlilik riski – qimmatli qog‘ozning investitsion sifatini bahola- shni o‘zgarishi sharoitida uni sotishdan ko‘rilgan zarar bilan o‘lchanadi.
Inflatsion risk – yuqori inflyatsiya sur’atlari investorning qimmatli qog‘ozlardan oladigan daromadlari tezroq qadrsizlanish riskidir. Jahon amaliyotida inflyatsion riskni pasaytirishning juda ko‘p usullari
bo‘lishiga qaramasdan inflyatsiyaning yuqori darajadaligi qimmatli qog‘ozlar bozorini buzib yuborishi allaqachon aniqlangan.
Valuta riski – valuta kurslari o‘zgarishi natijasida valuta qimmatli qog‘ozlariga qilingan qo‘yilmalar bilan bog‘liq bo‘lgan riskdir.
Regional risk – bir yoki ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hududlar faravonligining shu mahsulotlar narxining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan risk. Mamlakatda hokimiyat krizisi vujudga kelgan paytda regional risklar alohida regionlarning siyosiy va iqtisodiy separatizmiga bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin.

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə