Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Mahsulot ishlab chiqarish hajmi



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə31/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   316
642a946f5e25f (1)

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi










O‘tgan davr



Hisobot davr

Hisobot davri uchun bazis davr narxlarida ishlab chiqarish hajmi




miqdor, dona

narx , so‘m

summa, ming so‘m

miqdor, dona

narx, so‘m

summa, ming so‘m

miqdor, dona

narxi, so‘m

summa, ming
.so‘m

A

10 000

27,25

272,5

12 000

30

360

12000

27,25

327

B

5000

37,50

187,5

6000

39

234

6000

37,50

225

V

20000

25,50

510,0

20000

28

560

20000

25,50

510

va b.




























Jami:





970,0







1154,0







1060,0

Korxonaning faoliyat ko‘lamidagi o‘zgarishlar tufayli ko‘plab ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslanmas bo‘lishi mumkin. Misol uchun, agar hisobot yili mahsulot ishlab chiqarish xarajati summasini bazis davrdagi mazkur ko‘rsatkich (∑q00 + a0) bilan taqqoslasak, u holda ushbu ko‘rsatkichlarning farqlanishi nafaqat mahsulotlar tannarxi darajasini o‘zgarishi bilan balki hajmidagi mahsulot ishlab chiqarish miqdori o‘zgarishlari bilan ham shartlangan bo‘ladi. Xarajatlarni taqqoslanuv- chan ko‘rinishga olib kelish uchun hajmli omillar ta’sirini xolislantirish zarur. Buning uchun bazis davr xarajatlarining o‘zgaruvchan summasi hisobot davrida haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga qayta hisoblash va shundan so‘ng buni hisobot davr xarajatlari summasi bilan taqqoslash zarur (12-jadval):



  1. jadval

Hajm omilining va korxonaning xarajat summasiga ta’sirini neytrallash





Mahsulotlar turi



Mahsulotlar birligiga vaqtinchalik xarajatlar,
ming so‘m

Hisobot davrida haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish
hajmi, dona.



Hisobot davri haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmiga vaqtinchalik xarajatlar summasi, mln so‘m.




b0

b1

q1

q1 b0

q1 b1

A

25

22

12000

300

264

B

33

30

6000

198

180

Jami:







498

444

Doimiy xarajat summasi: o‘tgan davr –300 mln so‘m.;


hisobot davri – 320 mln so‘m.

1 0 0

I q1b1 a1 ;
YaM q b a

(444+320/498+300) x 100 = 95,7%.


bu yerda: b – i- ko‘rinishdagi mahsulotlar birligiga to‘g‘ri keladi- gan o‘zgaruvchan xarajatlar;


a mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan, lekin tadqiq davri uchun mahsulot ishlab chiqarishga tegishli doimiy xarajatlar.
Sifat omili ta’sirini aniqlashtirish uchun mahsulotlar hajmi miqdo- rini mos ravishda standart sifat ko‘rsatkichiga nisbatan qayta hisob-kitob qilinadi yoki standart sifatga keltiriladi. Misol uchun – standart sut yog‘liligi holatini mahsulot hajmini o‘zgarishiga ta’siri (13-jadval). Jad- valdan ko‘rinib turibdiki, sut yog‘liligini hisobga olgan holda hisoblan- gan ko‘rsatkichlar sifat omilini xolislantirishsiz aniqlangan ko‘rsatkich- lardan jiddiy farq qiladi: sut ishlab chiqarish hajmi yog‘lilik hisobga olinmagan holdagisi o‘tgan yildan 20 % yuqori, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda –13,1 % ga, uning yog‘liligi hisobga olinmay haqiqatdagi sut tannarxi 660 so‘mni tashkil etadi, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda

  • 680 so‘m. Birinchi holatda u 10 % ga , ikkinchisida – 16,6% ga oshdi, demak, sifat ko‘rsatkichi asosida turli sifatdagi bir xil mahsulotlarni to‘g‘ri taqqoslash va o‘rganish imkoniyati bo‘lar ekan.

13 -jadval

Sut sifatini uni ishlab chiqarish hajmi va tannarxga ta’sirini neytrallash




Ko‘rsatkichlar

O‘tgan davr



Hisobot davri

O‘tgan davrga nisbatan hisobot davrida, %

Sut ishlab chiqarish xarajatlari, ming so‘m.

15 000

19 800

132

Sut yog‘liligi, %

3,5

3,3

94,3

Bazis yog‘lilik, %

3,4

3,4

100

Sut ishlab chiqarish hajmi, s:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

25 000
25 735



30 000
29 117



120
113,1



1 s sut tannarxi, so‘m.:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

600
583



660
680



110
116,6



Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog‘i yoki strukturasini o‘zgarishi ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.

  1. jadval


yili

yili
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va strukturasi


Mahsulotlar turi

Baho, so‘m



Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, dona.



Mahsulot- ning egallagan salmog‘i,%



Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m.



Farqi (+;-)



Biznes-reja

Hisobot



Biznes-reja

Hisobot



Biznes-reja



Qayta hisoblangan mahsulot

Hisobot yili

1


2

3

4

5

6

6

7

8

9

P0

Q0

Q1

S0

S1

Q0P0

ΣQ1P0S0/100

Q1P0

8-7

A

30

5000

5300

22,3

22,6

150000

156813,6

159000

2186,4

B

20

7800

7940

34,8

33.8

156000

163142,4

158800

- 4342,4

S

15

9600

10200

42,9

43.5

144000

150836,4

153000

2163,6

Σ

x

22400

23440

100

100

450000

470792,4

470800

7,6

Bu yerda: qp–mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi;


s umumiy ishlab chiqarishda i-ko‘rinishdagi mahsulotlarning solishtirma salmog‘i ;
p – i- ko‘rinishdagi mahsulotlar narxi.
Keltirilgan misolda (14-jadval) ishlab chiqarish strukturasi o‘zgardi va uning ta’sirida A va S mahsulotlar ulushi ortdi, B mahsulot esa kamaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida 7,6 ming so‘mga ortdi. Bu korxona faoliyatining yanada obyektiv bahosi, chunki mehnat sig‘imi bo‘yicha uchala mahsulot ham bir xil.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usul- lardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab, qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqos- lanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqa mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas, lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarigan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasi va shu kabilar. Ushbu holda bunday taqqos- lash butunlay to‘g‘ri sanaladi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’min- lash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan, ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’no- sini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlash uchun ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yi- cha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qish- loq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot yetishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va bosh- qalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi.
Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi. Ayrim hollarda
ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislantirish, shu- ningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffitsiyent- lari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.

    1. Yüklə 11,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə