Montaj jarayonida mexnat xafsizligi talablari


Burg‘ulash qurilmalarini yig‘ish, qismlarga аjratish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi



Yüklə 58,52 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü58,52 Kb.
#159290
1   2   3   4   5   6
MONTAJ JARAYONIDA MEXNAT XAFSIZLIGI TALABLARI

Burg‘ulash qurilmalarini yig‘ish, qismlarga аjratish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi
Burg‘ulash minoralarini va machtalarini balandlikda yig‘ish yoki ta’mirlash ishlariga tajribali, maxsus уo‘riqnomadan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslargagina ruxsat etiladi.
Minora detallari va barcha boshqa materiallar mustahkam o‘rnatilgan va tormoz qurilmalariga ega chig‘riq yordamida ko‘tarilishi yoki tushirilishi kerak. Agar detallarni ko‘tarish yoki tushirishda traktor-ko‘targichlardan foydalanilsa, ular minora chetidan kamida 20 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. Yuklarni ko‘tarish va tushirish ishlari minora ichida bajarilsa, и yerda odamlar bo‘lmasligi kerak. Yuk burg‘u chig‘rig‘i yordamida ko‘tarilib-tushirilganda и yerda faqatgina burg‘u bo‘lishiga ruxsat etiladi. Yuk minora tashqarisida ko‘tarilib-tushirilganda unga arqon bog‘lanib, uning yordamida tortilishi kerak. Yuk bog‘langan arqonni tortib oluvchi ishchi minora chetidan kamida 10 m uzoqlikda joylashishi lozim.
Minora markazlashtirilib rostlanganda faqat qurilma tarkibiga kiruvchi ko‘tarish moslamalaridan yoki boshqa moslama va jihozlardan foydalanish zarur.
Minora ko‘targich ikkala traversani bir vaqtda gorizontal holatda ko‘tarishga moslanishi kerak. Minorani yig‘ish va qismlarga ajratish ishlarini minora ko‘targichning himoya qurilmasisiz bajarish taqiqlanadi. Minora seksiyalarini ko‘tarishda brigadaning barcha a’zolari yig‘iladigan minora asosidan kamida minora balandligidan 10 m. dan ortiq masofada bo‘lishlari lozim.
Minoralarni yerda yig‘ish va uni ko‘tarish. Minoralarni yerda yig‘ish maxsus «katak»larda bajarilishi lozim. Yerda yig‘ilgan minora ushbu usulda minoralarni yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatmada ko‘zda tutilgan moslamalar yordamidagina ko‘tarilishi shart.
Minoralarni ko‘tarish yoki tushirish ko‘tarish moslamasining eng kichik tezligida bir me’yorda bajarilishi lozim. Bunda ko‘tarish chig‘rig‘i barabaniga kanatni to‘g‘ri o‘ralishini nazorat qilib borish talab etiladi.
Кo‘tarilgan minorani poydevorga qo‘yishda u ag‘darilib ketmasligi yoki poydevorga urilmasligi uchun uni himoya bog‘ichi bilan berkitib, bog‘ichning pastki uchini ko‘targich traktorga yoki chig‘riqqa bog‘lash lozim. Minorani ko‘tarishda bu ishga aloqador bo‘lmagan barcha ishchilar minora asosidan kamida minora balanligidan 10 т. dan ortiq masofada chetga chiqishlari kerak.
Minoralarni qismlarga ajratish va yig‘ish ishlari teskari tartib- dagi ketma-ketlik asosida, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holda bajarilishi lozim. Minoraning biror bir qismini ko‘targichning tutib turuvchi balkasiga оsmау turib qismlarga ajratish mumkin emas. Faqat ko‘targich ilgagidan pastda joylashgan seksiyanigina ajratish kerak. Minoraning qismlarga ajratilgan detallari minora asosidan kamida 20 т uzoqlikda taxlanishi lozim.
Avariya holatidagi minoralarni qismlarga ajratish taqiqlanadi. Ular yiqitilishi va bu vaqtda brigadaning barcha a’zolari minora balandligidan kamida 10 т. dan ortiq masofada chetga chiqishlari kerak.

Yüklə 58,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə