Moodle tizimi


Moodle-bu sayt tarkibiga kirivchi boshqarish tizimi bo’lib, o’qituvchining onlayn-kurs yordamida dars berishiga mo’ljallangan tizimdir. Moodle tizimi



Yüklə 36,11 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü36,11 Kb.
#149425
1   2   3
MOODLE TIZIMIDA TOPSHIRIQLAR HOSIL QILISH

Moodle-bu sayt tarkibiga kirivchi boshqarish tizimi bo’lib, o’qituvchining onlayn-kurs yordamida dars berishiga mo’ljallangan tizimdir. Moodle tizimi asosan mudulli ob’ektga mo’ljallangan dinamik ta’lim muhitini boshqarish tizimi bo’lib hisoblanadi. Moodle tizimining asoschisi Avstraliyaning Curtin universiteti “Kompyuter ilmi va ta’lim” yo’nalishi o’qituvchisi Martin Dougiamas bo’lib, u bu sistemani yaratish g’oyasini 1999 yilda ilgaru surdi va 2002 yilda Moodle 1.0 tizimini yaratdi. Bu sistema bepul kengaytirilgan dasturiy kompleks bo’lib, o’zining funksional imkoniyatlariga asosan keng miqiyosida masofaviy ta’lim olivchilarga qulayliklar yaratib beradi. Bugungi kunda moodle tizimidan jahonning nufuzli universitetlari ta’lim berish jarayonida foydalanib kelmoqda. Moodle - masofaviy ta’limni boshqarish tizimining bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakatlarida 70 tilga mo’ljallangan 46 mingdan ortiq ta’lim portallari bo’lib, unga 2 mlnga yaqin foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tkazilgan va ular 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchi dasturchilarni o’zida mujassamlashtirgan.
Moodle tizimini quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin:
- masofaviy ta’lim uchun - bunda o’qituvchi va talaba ko’p vaqtda yuzma-yuz uchrashmasdan ta’lim olib boriladi;
- ta’limning masofaviy qo’llab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni tekshirish uchun yuborishlari mumkin;
- amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda o’quv mashg’ulotlari vaqtida amalga oshiriladi.
Moodle tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
- o’qituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash imkoniyatining mavjudligi;
- bilimning puxta o’zlashtirilishi;
- o’qituvchi va talabaning kerak bo’lgan vaqtdagina muloqotda bo’lishi. Agar talaba topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borsa, u o’qituvchi bilan muloqotda bo`lib boradi.
- ta’limning individualligi;
- vaqt va pulning tejalishi-o’quv mashg’uloti uchun vaqt va pulning sarflanishiga zaruriyat bo’lmaydi.
Moodle serverga o’rnatiladi, foydalanuvchi tarmoq orqali brouzerlar yordamida unga kirish imkoniyatini oladi.
Tarmoqda “mijoz” kompyuterlar uchun talab unchalik yuqori emas-asosan brouzer ishlasa bo’ldi, shuning uchun hozirgi kundagi mavjud barcha internetga ulana oladigan kompyuterlardan ushbu tizimnida foydalana olish imkoni mavjud.
Moodle tizimida foydalanuvchilarning soniga chegaralar yo’q, barcha chegaralashlar serverning texnik xarakteristikasiga bog’liq. Bundan kelib chiqib Moodle tizimini barcha kompyuterlarga o’rnatish kerakmi? Degan savol tug’iladi yo’q, faqat siz foydalanayotgan kompyuter internet tarmog’iga ulangan bo’lsa yetarli.
Moodle bilan yaqindan tanishish uchun uning DEMO-versiyasi mavjud va u quyidagi manzilga joylashtirilgan http://demo.moodle.net/.

Yüklə 36,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə