Moodle tizimi


Moodle tizimini o’rnatish va sozlash



Yüklə 36,11 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü36,11 Kb.
#149425
1   2   3
MOODLE TIZIMIDA TOPSHIRIQLAR HOSIL QILISH

Moodle tizimini o’rnatish va sozlash. Birinchi sahifada Moodle tizimiga kirish uchun login-parol ko’rinishini tashkil etishda quyidagi amallar bajarilishi kerak; “Administrirovaniya” blogidan “Bezopastnost” tanlanadi va undan “Politiki bezopastnosti sayta” tanlanadi. Yuklangan sahifadan “Prinujdat polzovateley voyti v sistemu” belgilab olinadi.
Foydalanuvchilarning o’zlari mustaqil qayt etilishlari uchun esa, “Nastroyka” blogida ketma-ket “Plagini => Autentifikastiya => Nastroyki autentifikastii” ga o’tib, hosil bo’lgan “Samostoyatelnaya registrastiya” ro’yhatidan “Samostoyatelnaya registrastiya po elektronnoy pochte” tanlanadi.
Bir serverdan Moodle tizmini boshqasiga olib o’tish quyidagicha amalga oshiriladi;
- Moodle va Moodle data kataloglaridagi fayllarning nusxasi olinadi.
- Ma’lumotlar ombori (MO) damp ko’chirib o’tiladi. Odatda yaratilgan damp va uning servergadagi izohi phpmyadmin yoki mysqldump yordamida amalga oshiriladi.
- Konfigurastiya faylida MO ga kirish va kataloglarga yo’l berishda config.php ga o’zgartirish.
Bunday amallarni albatta Moodle tizimi bilan yaxshi tanish bo’lgan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilganligi maqul, chunki ko’p ma’lumotlarni to’liq ko’chib o’tmay qolishi mumkin shuning uchun quyidagi usul bilan ko’chib o’tish maqsadga muvofiqdir.
- Moodle ning aynan o’sha versiyasini kompyuteringizga o’rnating
- Eski serverdagi ko’rsatilgan usul bilan arxivlarni zahirasini yaratgan holda nucxa olish
- Arxivni yangi serverga olib o’tib va u joyda arxivlarni qayta tiklash.
Yuklanayotgan faylning maksimal hajmini ortirish uchun Moodle tizimida uchta joydagi holatlarga e’tibor berish kerak, chunki ushbu joylarda hajm bo’yicha cheklashlar qo’yilga bo’lishi mumkin.
- Moodle tizimining o’zida,
- PHP dasturlash tilining sozlanishida,
- Web serverlarni sozlanishida.
Ya’ni uchala holat ketma-ket tekshirilib, cheklash aniqlanadi va bartaraf etiladi.
MOODLE TIZIMI VA UNING ISHLASH IMKONIYATLARI 2.1. Moodle tizimi haqida umumiy ma'lumotlar
Hozirda ta'lim portallarida masofali kurslarni yaratish bo'yicha juda ko'plab dasturiy qobiqlar, dasturlar, kurslarini boshqarish tizimlaridan foydalanib kelinmoqda. Quyidagi 1-rasmda xorij ta'lim muassasalarida masofali kurslarni yaratishda foydalanayotgan dastur tahlillari keltirilgan[16]:
1 - rasm. Masofali kurslarni boshqarish tizimlari tahlili
Ko'rinib turibdiki, masofali kurslarni ishlab chiqishda ko'p foydalanuvchilar Moodle - masofali o'qitishni boshqarish tizimini tanlagan. Biz ham "Hisoblash
usullari" kursini yaratishda quyidagi tahlilarga asoslandik (1-jadval):
1-jadval
Masofali kurslarni ishlab chiqish dasturlarining tahlili




ATuto r

Slaroli ne

Dokeo s

Moodle

OL AT

OpenAS S

Sakai

Reytingi

5

4

4

1

6

3

2

Foydalanuvchi lar soni

300

685

1000

45 mln

100

1000

5000

Tillarga tarjima qilinganligi

30 ta tilga

30 ta tilga

35 ta tilga

80 ta tilga

12 ta tilga

YO'q

lOta tilga



Dasturiy ta'minoti

Apach
e,
MySQ L, PHP

Apach
e,
MySQ L, PHP

Apach
e,
MySQ L, PHP

Apache
MySQ L, PHP

Java SDK

AOLSer verOrasl
e,
PostgreS QL

MySQL , Orasle

Platforma

Windo
ws, Linux, Unix, MasO S

Windo
ws, Linux, Unix, MasOS

Windo
ws, Linux, Unix, MasOS

Windo
ws, Linux, Unix, MasOS

Linu
x, Unix

Window s, Linux, Unix, MasOS

Windo
ws, Linux, Unix, MasOS

Foydalanuvchi
lar soni chegaralanganl igi

yo'q

20000

yo'q

yo'q

yo'q

yo'q

yo'q

Bilimlarni nazorat qilish tizimi

Test

Test va mashql ar

Test

Test, topshiri
qlar, semina r
lar, forum
va chatlar ning tashkil etilishi

Test va tops hiriq Lar

Test

Test, topshiri qlar va foruml
ar tashkil etish





















Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, bundan tashqari, o'quv jarayonini boshqarish tizimi va virtual o'qitish maydoni nomlari bilan ham mashhur. Ochiq kodli GNU GPL lizentsiyasi asosida tarqatiluvchi on-line ta'lim jarayonini tashkil etuvchi saytlarni yaratish uchun Martin Dougiamas tomonidan yaratilgan maxsus dastur. Dunyo miqyosida 2011 yil dekabr xolatiga ushbu platformadan foydalanuvchi 72 177 ta saytlar ro'yxatdan o'tgan va tekshirilgan. Ulardagi jami kurslar soni 5.8 million va foydalanuvchilar soni 57 milliondan ortiqni (57.112.669) tashkil etadi[23].


Moodle - Modular Objest-Oriented Dynamis Learning Environment so'zlarining qiskartmasidan pay do bo'lgan so'z bo Tib, modullar ob'ektga yo'naltirilgan dinamik o'quv platformasi ma'nosini beradi.
Moodle (modulli obyektga yo'naltirilgan dinamik o'quv muhiti) o'zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi:

  • Saytni boshqarish tizimi (CMS);

  • Ta'limni boshqarish tizimi (LMS);

  • Ta'limning virtual muhiti (VLE);

Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega.
Moodle - bu o'qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko'pincha e-learning tizimlarni o'qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o'qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi.
Moodle - bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta'lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o'qitishni ishlatish yotadi.
Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo'llash orqali ta'limni qo'llab - quwatlash platformasini yaratish g'oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va Blackboard tijorat e-learning platformalarining o'rnini bosish uchun emas, balki o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo'yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo'ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi [23].
Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o'zining funksional imkoniyatlari, o'rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o'qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko'pgina talablarini qanoatlantiradi.
Moodle masofaviy sohada o'qitish jarayonini to'la qo'llab-quwatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o'quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o'zlashtirish nazorati.
Moodle da 15 tipli interaktiv o'quv materiallari ko'rib chiqilgan. Bu tiplarning har biri ko'plab imkoniyat va xususiyatlarga ega.
SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o'quv materiallarini boshqa dasturlarda yaratishga ruxsat beradi.
Wiki (Wiki) - qo'shiladigan, kengaytiriladigan va o'zgartiriladigan hujjat ustida hamkorlikda ishlashga ruxsat beradi.
Anketalar - ixtiyoriy ko'rinishda ishlatish mumkin, masalan, kursni yaratishni optimallash uchun.
Ma'lumotlar bazasi - formati va strukturasi cheklanmagan.
Glossariy - kursning barcha hujjatlari bo'yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan ta'riflar ro'yxati. Agar ta'rif glossariyga kiritilgan bo'lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatik ta'minlanadi.
Topshiriq (4 tipli) - o'qituvchi javobni elektron ko'rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).'
Ma'ruza - har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo'lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to'plami. Javobning to'g'riligiga bog'liq holda, talaba keyingi sahifaga o'tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta'lim yo'nalishini aniqlashni va o'qitiladigan fan tushunarsiz bo'lib qolmasligini ta'minlaydi.
So'rovlar - talabalarning ovoz berishi.
Sharh - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari - berilgan mavzu bo'yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, ma'ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida tasvirlanadi.
Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar - turli variantli testlar to'plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to'g'ri/noto'g'ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin.
Forum - forumning 3 ko'rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o'z mavzusi, standart muzokara).
Chat - real vaqtdagi muzokara.
Materiallarning ba'zilari talaba va o'qituvchi hamkorligiga, ba'zilari esa talabalarning hamkorligiga asoslangan. Yana ko'plab qo'shimcha plaginlar va modullar mavjud.
Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o'qitish uchun ishlatishmoqda.
Moodle MO'T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta'lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi[30],
Moodle GPL lisenziyasi ostida ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta'minot kabi tarqalmoqda[31 ].
Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o'zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo'yicha kirish mumkin. Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo'yicha qo'shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo'yicha olish mumkin.
"Moodle" so'zi - bu "Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment" so'zining abbreviaturasidir.
Rus tilida "Мудл" va "Моодус" (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляющая среда) nomlari ham qo'llaniladi [24].
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo'lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo'lanilishi mumkin. Ma'lumotlar MySQL va PostgreSQL ma'lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma'lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.
Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o'tishda qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi.
Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish mumkin.
2.2. Moodle tizimini o'rnatish
Kurs qatnashchilari (o'qituvchilar ham, talabalar ham) saytning ro'yxatga olingan foydalanuvchilari bo'lishi kerak.
Moodle tizimi foydalanuvchilarni ro'yxatga olishning bir necha usullarini qo'llashga ruxsat beradi: elektron pochta bo'yicha tasdiqdan o'tkazish bilan o'z - o'zini ro'yxatdan o'tkazish (jimlik qoidasiga ko'ra amalga oshiriladi), administrator orqali ro'yxatdan o'tish, LDAP ni qo'llash[23],
Kursni o'rnatish kursni sozlashni to'liq aniqlaydi.
O'rnatishga o'tish uchun Boshqarish blokida O'rnatish havolasini
bosing:
Quyida kursni o'rnatislining barcha maydonlari keltirilgan:
To'liq ism - kursingizning nomi. Saytning barcha kurslari ro'yxatida giperhavola ko'rinishida tasvirlanadi.
Qisqa ism - Moodle ning ko'pgina joylarida kursingizning bosh sahifasiga tez o'tadigan havolani shakllantirishda ishlatiladi. U bitta qisqa so'zdan tashkil topishi kerak, abbreviaturani ishlatish mumkin. Quyi chiziq beligilari bilan birlashtirilgan so'zlar kombinasiyasini ishlatish mumkin. Bu kirillisa ham, lotin yozuvida ham yozilishi mumkin. Turli xil maxsus belgilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Kursning individual nomeri - tashqi tizimlarda ishlatilishi kerak bo'lgan kurs nomeri. U hyech qachon Moodle da tasvirlanmaydi. Bu maydonni bo'sh qoldiring.
Qisqa tavsif - bu sizning kursingizni e'lon qiladigan qisqacha xulosa.
Format - tavsiya etiladigan qiymat - "format-struktura".
Kursda o'rganiladigan materiallar hafta bo'yicha aniq belgilangan hollarda Format-kalendarni ishlatish tavsiya etiladi.
Haftalar yoki mavzular soni - kurs sahifalarida mavjud bo'lgan hafta yoki mavzular sonini tasvirlaydi (maksimal qiymat - 52, jimlik qoidasiga ko'ra 10 qiymati o'rnatiladi).
Kursning boshlanish sanasi - agar "format-kalendar"ni ishlatsangiz, u holda birinchi hafta bloki bu yerda o'rnatilgan sana bilan beriladi. Ro'yxatdan o'tishning tizimli fayllaridan tashqari, boshqa formatlariga maydon o'z ta'sirini ko'rsatmaydi.
Yashirin seksiyalarni tasvirlash - bu sozlash kursning yashirin seksiyalarini talabalarga qanday tasvirda ko'rsatishga ruxsat beradi.
Jimlik qoidasiga ko'ra, yashirin seksiya qayerda joylashganini ko'rsatish uchun kichik soha ko'rsatiladi (yoyilgan ko'rinishda kulrang bilan). Bunday seksiyaning tarkibi talabalarga ko'rinmaydi. Bu rejimni o'tgan va kelayotgan haftalar soni aniq ko'rinishi uchun Format-kalendarda ishlatish foydali. Agar yashirin seksiyalar "to'liq ko'rinmas" (tavsiya etiladigan qiymat) deb tanlangan bo'lsa, u holda talabalar uning mavjudligini bilmaydilar.
Yangiliklar - bu parametr kursning bosh sahifasida yangiliklar forumidan nechta mavzular kelishini o'rnatadi.
Agar siz "O yangiliklar" qiymatini qo'ysangiz, u holda yangiliklar bloki ko'rsatilmaydi.


Xulosa

Baholarni ko'rsatish - bu sozlash talabalar o'zlarining baholarini ko'rishini yoki ko'rmasligini aniqlaydi. Jimlik qoidasiga ko'ra, "Ha" (tavsiya etilgan qiymat) o'rnatilgan, shuning uchun talaba o'zining bahosini ko'rishi mumkin. Agar "Yo'q" o'rnatilgan bo'lsa, bu holda talabalar o'zining bahosini ko'rmaydi.
Bajaradigan ishi haqida hisobotni ko'rsatish - agar "Ha" bo'lsa, u holda har bir qatnashchi o'zi bajaradigan ishi haqida hisobotni ko'rsatishi mumkin va u natijani berilgan kursda tasvirlaydi. Uning bajargan ishi foydalanuvchi ish faoliyatining to'liq ro'yxatidan iborat bo'lishi mumkin.
Tavsiya etiladigan qiymat - "Yo'q", bu qiymat ularni yaratish jarayonida serverga yuklanadigan vazifalardan kelib chiqadi . O'qituvchi har doim talabaning shaxsiy axboroti sahifasidan har bir talabaning hisobotiga kirishi mumkin.
Yuklanadigan faylning maksimal o'lchami - bu o'rnatish kursda yuklanishi mumkin bo'lgan fayllarning maksimal o'lchamini aniqlaydi.
Majburiy mavzular - o'qituvchi saytda ruxsat etilgan kurs mavzusini (rasmiylashtirilgan variant) majburiy berishi mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat - "Ixtiyoriy".
Agar administrator turli mavzularni ishlatishga ruxsat bermagan bo'lsa, bu parametr bo'lmasligi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Абдуқодиров А.А. Масофали ўқитиш назарияси ва амалиёти. Монография нашриёти, 2009.
2. Хамидов В.С. Эркин ва очиқ кодли LMS тизимлар таҳлили, infocom.uz журнали №7,8. 14 бет, 2013 й.
3. Turdiyeva G.S., Ismoilova M.N. Masofadan o’qitishning Moodle tizimida ishlash. Buxoro 2014. 66 bet.
4. http://www.moodle.org.
Yüklə 36,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə