Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi


Affikslar va ularning turlari. Affiksal morfemalar vazifasiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘ladi: 1) so‘z yasovchilar; 2) so‘z o‘zgartuvchilar; 3) shakl yasovchilar



Yüklə 20 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü20 Kb.
#161971
1   2   3   4   5   6
Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi Reja-fayllar.org

Affikslar va ularning turlari. Affiksal morfemalar vazifasiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘ladi: 1) so‘z yasovchilar; 2) so‘z o‘zgartuvchilar; 3) shakl yasovchilar.

  • Ba’zi manbalarda affiksal morfemalarning vazifasiga ko‘ra ikki turi farqlanadi: 1) so‘z yasovchi; 2) shakl yasovchi kabi. Shakl yasovchilar esa o‘z navbatida a) lug‘aviy shakl yasovchilar; b) sintaktik shakl yasovchilarga ajratiladi. (Qarang:N.Mahmudov, A. Nurmonov va boshqalar, Ona tili. 6-sinflar uchun darslik.)

    • 1. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi.Ular ko‘pincha bir turkumdagi so‘zdan boshqa bir turkumga mansub yangi so‘z yasaydi: yoz, qish – ot || yozgi, qishki - sifat || ish, qon–ot || ishla, qonat-fe’l || supur, o‘r–fe’l || supurgi, o‘roq - ot. Shuningdek, ular bir turkum doirasida so‘zlar yasashi ham mumkin: -chi: ishchi, xizmatchi, payvantchi || - bon: bog‘bon, darvozabon kabi. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka birdan ortiq qo‘shilishi va yangi - yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: bog‘ + bon + lik, ter+im+chi+lik. Bunday yasalish, odatda, negiz asosida yasalish hisoblanadi. Xullas, so‘z yasovchilar o‘zakning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi marfemalar bo‘lib, tilning Leksik qatlamini boyitadi.

      • 2. Shakl yasovchilar (lug‘aviy shakl qo‘shimchalari) so‘zning lug‘aviy ma’nosini bir oz o‘zgartib, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradigan, biroq yangi so‘z hosil qilmaydigan morfemalardir. Masalan: kitoblar, kitobcha, kattaroq, kattagina, beshinchi, beshov, uchala, borgan, ishlamoq, kuldir, kelma. Shakl yasovchilar o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i berish bilan birga ularning sintaktik munosabatini belgilashda ham o‘ziga xos o‘rnga ega bo‘ladi.

          • 3. So‘z o‘zgartuvchilar (aloqa – munosabat qo‘shimchalari) muayyan so‘zning nutqdagi boshqa so‘zga nisbatan sintaktik munosabatini, aloqasini ko‘rsatuvchi affikslardir. So‘z o‘zgartuvchilar 1) kelishik (turlovchi) qo‘shimchalari; 2) egalik qo‘shimchalari; 3) shaxs-son (tuslovchi) qo‘shimchalaridan iborat. Masalan: kuzning havosi, kitobni o‘qidim, daladan qaytayapman kabi birikmalar tarkibidagi so‘zlar o‘trtasidagi sintaktik aloqa -ning, -ni, -dan kabi kelishik, -i egalik, -m, -man kabi shaxs-son qo‘shimchalari vositasida yuzaga kelgan.


          • Yüklə 20 Kb.

            Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə