Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
Fe’l yasalishi. 
Fe’llar
affiksatsiya va kompozitsiya 
usuli bilan 
yasaladi.
1. 
Affiksatsiya.
Bu usul yordamida fe’l bo‘lmagan so‘z (ot, sifat, 
son, ravish, taqlidiy so‘z, olmosh, undov)lardan fe’l yasaladi; fe’ldan 
fe’l yasalmaydi. Fe’l yasovchi affikslar quyidagicha: 
-la;
ishla, gulla, oqla. Eng faol affiks bo‘lib, barcha so‘z 
turkumlaridan fe’l yasay oladi. 
-lan, -lash
; zavqlanmoq, bahslashmoq.-lan bir vaqtning o‘zida 
ham fe’l, ham o‘zlik nisbatni; -lash esa fe’l va uning birgalik 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
138 
138
nisbatini hosil qiladi. Shunga qaramay rivojlanmoq, og‘irlashmoq 
fe’llari bosh (aniq) nisbatda, deb qaraladi. 
-(a)r
; sifatdan fe’l yasaydi; ko‘karmoq, yoshar.
-(a)y; 
sifat, ravish, otdan fe’l yasaydi; kengaymoq, ko‘paymoq, 
qoraymoq, kuchaymoq.
-a;
ot, sifatdan fe’l yasaydi; sanamoq, o‘ynamoq, oshamoq, 
qonamoq, atamoq, qiynamoq. 
-sira;
ot va olmoshdan fe’l yasaydi; suvsiramoq, uyqusiramoq, 
sensiramoq, yotsiramoq. 
-k(-ik), -q(-iq)
; kechikmoq, birikmoq, zo‘riqmoq. 
-ira 
yaltiramoq, qaltiramoq, miltiramoq, yarqira. 
-i
ot va sifatdan fe’l yasaydi; changimoq, boyimoq, tinchimoq. 2. 
Kompozitsiya
usuli bilan qo‘shma fe’llar yasaladi. Qo‘shma fe’llar 
qismlari qaysi so‘z turkumlaridan iboratligiga ko‘ra ikki xil yo‘l bilan 
hosil bo‘ladi: a) fe’l bo‘lmagan so‘zning fe’l bilan birikuvidan: 
taklif 
qilmoq, qarshi olmoq, bayon bermoq.
b) birdan ortiq yetakchi fe’lning birikuvidan: 
sotib olmoq, olib 
kelmoq. 
Ravish 
 
Ish-harakatning, 
holatning 
belgisini, 
belgining 
belgisini 
bildiruvchi so‘z turkumi 
ravish 
deyiladi. Ravish morfologik jihatdan 
o‘zgarmas bo‘lib, asosan fe’llarga bog‘lanib keladi, hol vazifasini 
bajaradi. 
I. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə