Muallifdan


- §. “ TILSHUNOSLIKKA KIRISH “ FANI PREDMETI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
1-
§. “
TILSHUNOSLIKKA KIRISH “ FANI PREDMETI, 
VAZIFALARI 
 
“Tilshunoslikka kirish” fani tilshunoslikning asosiy masalalarini, 
tilning paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni
til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o‘rganadi.
Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, 
jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy 
manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr 
yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador 
hisoblanadi . 
Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, 
strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o‘zaro 
munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim 
masalalarni ilmiy o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab 
qiladi. 
Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va 
hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rnini, jamiyat 
taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas. 
Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu 
fanning predmeti sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat 
tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan o‘rganiladigan 
murakkab obyekt bo‘lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi ham turlicha 
bo‘lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o‘zida ham tilning 
yagona ta’rifi yo‘q. Tilning ta'rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng 
muhim masalalardan biri bo‘lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va 
hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin 
bahslarga sabab bo‘lmoqda. 
Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo‘lgan har bir nazariya, avvalo 
tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunishning til 
haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyati katta. Tilshunoslik fanining ob-


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

4
yekti, predmeti va tilni ilmiy o‘rganish metodlari kabi masalalar ma'lum 
darajada tilni qanday tushunishga bog‘liqdir. Tilshunoslik tarixida tilni 
turlicha ta'riflash fanning predmetini ham turlicha tasavvur qilishga sabab 
bo‘ldi. Shuning uchun bu masalaning tilshunoslik tarixi asosiy etaplarida 
qanday hal etilganligini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tilshunoslik fanining pridmeti, o‘rganish manbai o‘z ichki 
qonuniyatlariga ega bo‘lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o‘ziga 
xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish mazkur 
ijtimoiy hodisaga har tomonlama to‘liq ta’rif berish imkonini 
yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo‘ysunuvchi o‘ziga xos ramzlar 
tizimi bo‘lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim 
quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan 
avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg‘ularni ifoda 
etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni 
kuzatish mumkin . 
XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi 
davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur 
shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida 
tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de 
Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori 
tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va 
aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi. 
Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga 
intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim 
masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko‘rsatdi . F.de Sossyur 
fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa 
quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy 
–tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko‘ra sof belgi - 
ishoralar tizimidir . 
Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), 
tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga 
strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

5
tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o‘z nuqtayi 
nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr - mulohazalari tilshunoslik 
sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur qarashlarning 
ba’zi jihatlari cheklangan edi. 
Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy 
tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo‘limlari mavjud bo‘lib, 
tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi. 
Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga 
kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo‘lishi va 
uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi. Til butun jamiyat 
tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy 
manfaatga xizmat qiladi .

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə