Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Beshinchi antinomiya:
tildagi kollektiv va individual xususiyatlardir. 
Ma'lumki nutq ayrim shaxslarning mahsulidir, ammo ayrim shaxslar 
o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan yaratilgan kollektiv mahsulotidan 
foydalanadilar. Nutq faoliyati o‘z navbatida so‘zlovchini va tinglovchini 
taqozo qiladi. Shuning uchun tildagi kollektiv va individual 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17 
17
xususiyatlarni o‘rganish zarur.
Demak, V. fon Gumboldt fikricha, til nihoyat darajada murakkab va 
ko‘p aspektli hodisa bo‘lib, uni ilmiy o‘rganish esa tilning barcha 
aspektlarini tekshirishni talab qiladi. 
V. fon Gumboldt ta'kidlashicha, tilning har doim, rivojlanib o‘zgarib 
turishi uning eng asosiy xususiyatidir. Tilshunoslik fanining asosiy 
masalasi- tilning ana shu xususiyatini o‘rganishdan iboratdir. Yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan masalalar tilshunoslik fanining predmeti masalasi bilan 
bevosita aloqadordir. 
Garchi V. Gumboldtning nazariyasi idealistik falsafaga asoslangan 
bo‘lsa ham, uning ilmiy faoliyati, ayniqsa til bilan nutq antinomiyasi 
xususidagi ta'limoti tilshunoslik fanining taraqqiyoti uchun juda katta 
hissa bo‘ldi. V. Gumboldtning til haqidagi falsafiy nazariyasi, o‘zidan 
keyingi tilshunoslik fanining takomillashuvida, turli ilmiy maktablar va 
oqimlarning shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. 
Tilshunoslik 
fani 
tarixida 
muhim 
o‘rin tutgan «Yosh 
grammatikachilar» maktabi vakillari tilning tarixiy hodisa ekanligini 
tilning eng asosiy xususiyati deb bildilar. Ularning fikricha, til avvalo 
uzoq tarixga ega bo‘lgan kishilik jamiyati madaniyatining mahsuli bo‘lib, 
uni tarixiy jihatdan o‘rganish zarur. Shunga binoan, tilshunoslik tarixiy 
fan bo‘lib, tilning o‘ziga xos tabiatini, tilning o‘zgarish sabablarini 
o‘rganishi lozim. «Yosh grammatikachilar» maktabining eng yirik 
namoyandasi G. Paulning fikricha, tilshunoslik fani bilan til tarixi fani 
tushunchasi bir.«Yosh grammatikachilar» til hodisalarini ayrim 
(atomizm) holda o‘rganishni tavsiya qiladilar. Ular til va tafakkur, 
tillarning grammatik qurilishi turlicha bo‘lishi sabablari, tilning ijtimoiy 
tabiati kabi masalalar bilan qiziqmadilar. Ular o‘sha davrda hukm surgan 
psixologik nazariyalarning ta'sirida bo‘lib, tildagi barcha hodisalarni 
individual psixologiya prinsiplari asosida hal qilishga intildilar. 
F. de Sossyurning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, 
ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan. F. de Sossyur fikricha, til 
kishilik jamiyatida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra aloqa quroli, fikrni 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18 
18
ifodalaydigan vositadir. 
Ijtimoiy tabiati jihatidan-qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy 
hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra til sof belgilar sistemasidir.
F. de Sossyurning ta'rificha, tilshunoslik fanining obyekti shartli 
belgilar sistemasi bo‘lgan tilni o‘rganishdir. Shuning uchun ham 
tilshunoslik belgilarni o‘rganadigan semiotik fanlar qatoriga kiradi.F. de 
Sossyurning ta'kidlashicha, insonning nutq faoliyati ko‘p tomonlama 
hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, filologiya 
kabi turli fanlar tomonidan o‘rganilishi lozim. Shuning uchun nutq 
faoliyatini o‘rganishda F. de Sossyur ham V. fon Gumboldt kabi 
antinomiya metodidan foydalandi. 
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta'riflash 
maqsadida F. de Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil 
etadi. Til bilan nutqning asosiy farqi - til ijtimoiy, nutq esa individual 
hodisadir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F. de Sossyur quyidagi 
sxemada ko‘rsatadi: (Ijtimoiy tabiati jihatidan-qaralganda til madaniy-
tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra til sof belgi lar 
sistemasidir).
Garchi F. de Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni 
e'tirof etsa-da, ikkala hodisani alohida - alohida o‘rganishni taklif qildi. 
Fanning bu ikkala tomonini o‘rganish uchun F. de Sossyur til 
lingvistikasi va nutq lingvistikasi degan nom ham berdi. 
F. de Sossyur fikriga ko‘ra, tilshunoslik fanining asosiy vazifasi va 
predmeti til lingvistikasini o‘rganishdan iboratdir. Nutq lingvistikasi esa 
tilshunoslik uchun ikkinchi darajali masala bo‘lib, boshqa fanlar 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19 
19
tomonidan o‘rganilishi mumkin. 
F. de Sossyur ichki va tashqi lingvistikani ajratib, ularni bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, tilshunoslik fanining asosiy 
vazifasi tilning ichki qurilishi (strukturasi)ni o‘rganadigan lingvistika, 
tashqi lingvistika esa tilning xalq madaniyati, tarixi bilan aloqasini 
o‘rganadigan lingvistika bo‘lib, tilshunoslik fani uchun ikkinchi darajali 
hodisadir. 
Tilshunoslik fanining predmetini yanada aniqroq tasavvur etish 
maqsadida F. de Sossyur tilni o‘rganishda sinxronik (bir vaqtda) va 
diaxronik (ketma-ket, tadrijiy suratda yuz beradigan yoki tarixiy) 
aspektlarni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi va ko‘proq sinxronik 
aspektga ahamiyat berdi. 
F. de Sossyur fikricha, sinxronik aspekt bilan diaxronik aspektlar 
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ma'lum aspektni tanlash o‘z oldiga qo‘yilgan ilmiy 
maqsadlarni nazarda tutadi. 
Sinxronik aspekt til sistemasini o‘rganadi, ammo diaxronik aspekt 
o‘rganadigan obyekt esa sistemani tashkil qilmaydi. 
F. de Sossyur nazariyasida asosiy antinomiya - til va nutq 
antinomiyasidir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan tashqi va ichki lingvistika, 
sinxroniya va diaxroniya antinomiyalari til va nutq aitinomiyasining 
natijasidir. 
Shunday qilib, F. de Sossyur nazariyasi tilshunoslik fanining 
predmetini o‘rganishga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. F. de Sossyur 
nazariyasi ta'sirida XX asrda «Strukturalizm» nomi bilan atalgan yangi 
lingvistik oqim vujudga keldi. 
Tilnnng ijtimoiy tabiatni talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik 
taraqqiyot prinsplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining 
mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qo‘shilgan eng buyuk 
hissalardan biridir. Tilnnng asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, 
til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng muhim aloqa 
vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. 
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20 
20
jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan cham-
barchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq bo‘lib, til 
yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, o‘zaro fikr 
almashadilar, jamoa bo‘lib birlashadilar va mehnat qiladilar. 
Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. 
Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va fiziologik xususiyatlari 
(ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat 
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bo‘lmagan holda rivojlanib 
boradi. Ammo tilda so‘zlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati 
(sotsial muhit) bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan 
aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. 
Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik 
jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy 
hodisadir. 
Til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, 
aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda 
so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bogliq. Misol uchun, 
fransuz bolasi go‘daklikdan yaponiyaliklar orasida tarbiyalansa, u 
faqat yaponcha so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo 
bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishini, sochining rangi va 
hokazolar) o‘zgarmagan holda shakllanib boradi. Boshqa bir misol: 
1920 yilda Hindistonda ovchilar bir uyada ikki bo‘ri bolasi va ikki 
qizchaga duch kelganlar. Ular (ayniqsa ularning kattasi-Kamola) 
o‘zlarini bo‘ri sifatida tutganlar. Kamola bo‘rilar bilan 15 yil birga 
hayot kechirgan. Lekin u gapirishni butunlay bilmagan. Uni 
«odamlashtirish» juda sekinlik bilan amalga oshgan. Faqat 
o‘rgatishning uchinchi yilida ikki oyoqda turishni (shunda ham 
orqasidan ushlab turilsa) o‘rgangan. Yetti yildan keyingina ikki 
oyoqda yura boshlagan. Lekin, baribir, yugurish zaruriyati tug‘ilsa, 
emaklab chopgan. Nutqqa o‘rgatish yana ham qiyin bo‘lgan. To‘rt yil 
davomida faqat olti so‘zni bilib olgan. Yetti yil davomida 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21 
21
Kamolaning lug‘atidagi so‘zlar ellikka ham bormagan. 16 yoshida bu 
qiz o‘zini 4 yoshli qiz holida tutgan. Bu misol ham tilning jamiyat 
bilan bog‘liqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini, 
tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ma'lumki, 
jamiyatga xizmat qiladigan njtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda 
ko‘p. Bazis, ustqurma, ideologiya kabi ijtimoiy hodisalar yoki ayrim 
tabiiy hodisalar (yog‘ayotgan yomg‘ir, quyosh nuri va hokazolar) 
ham jamiyatga xizmat qiladi. Ammo bu hodislarning jamiyatda 
bajaradigan funksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanish 
doirasi bor. Masalan, bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, 
ustqurma esa jamiyatning siyosiy, yuridik, ideologik normalarini 
belgilab beradi. Har bir tuzumning o‘z bazisi va ustqurmasi bo‘lib, 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarining o‘zgarishi bilan bazis va 
ustqurma ham o‘zgarib turadi. Til esa na bazis va na ustqurma 
tarkibiga kirmaydigan o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir. 
Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy 
xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha 
sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti 
jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy norma sifatida jamiyat 
a'zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa 
vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. 
So‘zlovchi insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi 
va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir 
qatorda, har bir so‘zlovchi ayniqsa adiblar, olimlar o‘zlarining nutq 
faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun ma’lum hissalarini 
qo‘shadilar. Kishilar o‘zaro aloqa qilish, fikrlashishda tildan boshqa 
vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda 
bo‘ladi va odatdagi so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush 
signallari: zvonok, gudok kabilardan foydalaniladi. 
Grafik yozuv ko‘rinishlari turlichadir: 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə