Muallifdan


tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik
kabi qator 
mezonlarga amal qiladi. 
Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo‘lishi uchun muayyan 
tarixiy taraqqiyot bosqichini o‘tishi kerak. Tilning paydo bo‘lishi, 
yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi 
uning 
tarixiyligi
bilan bog‘liq.
Tilning 
hayotiyligi
uning aloqa-munosabat vositasi sifatida 
mavjuligidir. Til hayotiyligini yo‘qotsa, o‘lik tilga aylanadi. Til 
hayotiy bo‘lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat zarur 
bo‘ladi. Ba’zan o‘lik tillar qaytadan tirik tilga aylanishi mumkin, 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25 
25
degan fikr ham mavjud va buning isboti sifatida ivrit tilini misol qilib 
keltirish mumkin. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak. Negaki, til 
aloqa munosabat vositasi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotdimi, uni 
sun’iy ravishda tiklab bo‘lmaydi.
Sotsiolingvistikadagi 
me’yoriylik
mezoni deyilganda tilning 
muayyan me’yorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til 
grammatikasiga 
oid 
qonun-qoidalarning 
yaratilishi 
me’yorlashtirishning 
muhim 
omillaridan 
hisoblanadi. 
Me’yorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat 
qiladigan, muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan 
milliy-adabiy tildir. 
Hududiylik
tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. 
Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik 
va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, 
hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi 
tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning 
bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qat’i nazar, aloqa-
munosabat vositasining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, 
o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga 
tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari 
o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va 
shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar 
kuzatiladi.
Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, 
tillarni quyidagicha guruhlash mumkin.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə