Muallifdan


Me’yorlashtirilgan tillar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
 Me’yorlashtirilgan tillar
adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan 
tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar 
kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, 
o‘zgarib boradi.
 Qadimiy 
tillar 
tillarning 
dastlabki 
taraqqiyoti 
davrida 
shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy 
yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26 
26
shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy 
tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat 
kasb etgan. Ma’lum davrda aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjud 
bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o‘lik 
tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir.
Mahalliy tillar
kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. 
Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki 
shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji 
uchun xizmat qiladi.
Kreol tillar 
Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq 
mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida 
mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) 
xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, 
Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan 
aralashuvi natijasida 
giti-kreol, 
Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi 
tili bilan ispan tilining aralashuvidan 
ispan-nauatal 
kreol tili hosil 
bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda 
namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə