Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
1. Yozuv-
kishilik aloqasida muhim vositadir. Yozuvninig eng 
afzal tomoni unga vaqt va masofaninig ahamiyatsizligidir. Yozuv 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22 
22
jamiyatning madaniy taraqqiyotida muhim faktordir. 
2. Yordamchi vositalar - 
qo‘l alifbesi va ko‘rlar alifbesi. Qo‘l 
yozuvi barmoqlar yordamida harflarni tasvirlash bo‘lib, eshitish 
qobiliyatini yo‘qotganlar uchun xizmat qiladi. Ko‘rlar alifbesi Lui 
Brayl’ tomonidan ishlangan bo‘lib, ko‘rish qobiliyatini yo‘qotganlar 
uchun mo‘ljallangan. Bunda harflar 6 nuqtaning turli kombinatsiyasi 
orqali ko‘rsatiladi. 
4-
§. 
TIL VA JAMIYAT. SOTSIOLINGVISTIKA 
 
Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika 
fani o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat 
jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar 
qadimiydir. 
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir 
xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina 
taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-
munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan 
chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi.
Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. 
Bu sheva Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z 
ichiga oladi. O‘zbek tili—ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining 
o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining 
o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.
Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, 
tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti 
jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu 
narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va 
millat tili shakllangan.
Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining 
keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu 
qabilalarning yashash tarzi bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23 
23
kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta 
boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bo‘lishi 
uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida 
yangi-yangi 
tillarning 
vujudga 
kelishi 
til 
taraqqiyotining 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə