Muallifdan


etimologiya , lug‘at va uning  tuzilishini leksikografiya



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
etimologiya
, lug‘at va uning 
tuzilishini
leksikografiya
, so‘zning ma’nosi va uning taraqqiyotini 
semasiologiya
o‘rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan 
bog‘liq holda o‘rganiladi. 
Tilning lug‘at tarkibi bir nechta nuqtayi nazardan o‘rganilishi 
mumkin. Tilning lug‘at qatlamini tarixiylik nuqtayi nazaridan o‘z va 
o‘zlashgan so‘zlarga ajratish mumkin. Har bir tilda o‘z qatlam 
so‘zlari bilan bir qatorda o‘zlashgan qatlam so‘zlari ham uchraydiki, 
bu tilning mavqeyi, ijtimoiy-tarixiy jarayon, xalqlar va tillar 
o‘rtasidagi turli munosabatlar ta’siri bilan izohlanadi. Lug‘at 
qatlamining ma’lum qismi sheva so‘zlaridan iborat. Sheva so‘zlari 
asosiy aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi. Sheva 
so‘zlarining adabiy til lug‘atini boyitishda alohida o‘rni bor. Tilning 
lug‘at tarkibi iste’mol darajasi nuqtayi nazaridan ham turlichadir. Bu 
jihatdan faol va kam ishlatiladigan so‘zlar farqlanadi. Bu borada 
quyiroqda, “Tilshunoslik va uning bo‘limlari” da (o‘zbek tili 
misolida) batafsil to‘xtalamiz. 
Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy manba so‘z yasalishi
shevalardan so‘z olish, so‘zning ma’no taraqqiyotidagi o‘zgarishlar 
va ma’no ko‘chirishlar hisoblanadi. 
 
Grammatik sath 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35 
35
Har bir tilning grammatik sathi so‘zlarning grammatik formasi
so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tilning boshqa sathlari 
kabi grammatikaning ham o‘z birliklari bor. Eng kichik grammatik 
birlik 
morfema 
bo‘lib, morfemalardan 
so‘zlar
yasaladi, so‘zlar esa 
o‘z navbatida so‘z birikmalari va gaplar qurilishida qatnashadi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə