Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Pijin tillar
ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning 
aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan 
jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi 
sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til 
sifatida foydalaniladi.
Sun’iy tillar
maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. 
Zamengof tomonidan yaratilgan 
esperanto tili
sun’iy til hisoblanadi. 
Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi 
agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda 
mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil 
qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan
umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27 
27
XIX asrning o‘rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz 
Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb 
tushunish kuchayadi.
Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu 
nazariya tarafdori edilar. To‘g‘ri, fiziologik jihatdan til umurtqali 
hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og‘iz bo‘shlig‘ida 
joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat 
yeyish, uning ta’mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. 
Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda 
muhim vazifalarni, ya’ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi—
kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi.
Shuni 
uqtirib 
o‘tish kerakki, insonning tabiiy-biologik 
xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq 
bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining 
takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi 
va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, 
o‘saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So‘zlashish, 
fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo‘lishi shart. Demak, aytilgan 
fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan
, til tabiiy 
biologik hodisa emas;
ikkinchidan
, tilning mavjud bo‘lishi va uning 
taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog‘liq emas; 
uchinchidan,
til 
kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy 
belgilariga) bog‘liq emas; 
to‘rtinchidan,
faqat jamiyat bo‘lib 
uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo‘lgan tilga ega. Binobarin, til 
tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim 
aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog‘liq 
bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir.
Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga 
bo‘linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun 
xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab- baravar 
xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh 
odamlari bir-biri bilan aloqada bo‘ladilar, til esa ishlab chiqarishni 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28 
28
uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim 
aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy 
jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va 
jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. 
Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy 
jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi 
bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa 
vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi. 
Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo‘lmagan va 
bo‘lishi ham mumkin emas. 
Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun 
jamiyatga xizmat qiladi.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning 
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z 
navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til 
ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida 
shakllangan.
Til birliklari – fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, 
mantiqiy tushunchalar (his-tuyg‘u, idrok, tafakkur) bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Til alohida tizim sifatida quidagi vazifalarni bajaradi : 
1 . 
Aloqa – munosabat vazifasi
. Tilning mazkur vazifasi 
jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. 
Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa 
- munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa 
sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning 
muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush 
tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq. 
Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – 
birlariga ta’sir ko‘rsatadilar. 
2. 
Tilning hissiy ta’sir vazifasi.
Tilning muayyan ma’lumotni 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29 
29
ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy - ta’siriy 
vazifasi hisoblanadi . Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish 
hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til 
vositalaridan, jumladan, modal so‘zlar, javob talab qilmaydigan 
so‘roq, tartibni o‘zgartirish kabilardan foydalaniladi. 
3.
 Tilning to‘plash vazifasi
. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy 
ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay , to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim 
manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, 
to‘plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi 
hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy 
vositalardan hisoblanadi . Bevosita aloqa - munosabat davomida 
tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi. 
Mustaqil so‘zlar, qo‘shma nomlar , iboralar ,atama nomlovchi 
birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr fodalovchi birlik 
hisoblanadi. 
Tilning kishilik jamiyatidagi o‘rnini , madaniy – ma’naviy soha 
taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini 
to‘g‘ri ta’riflashga asoslanadi . 
Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr 
ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə