Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
Fonetik-fonologik sath. 
Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‘rganadi. Fikr 
almashish uchun foydalaniladigan so‘zlar va gaplar, albatta, tovush 
lar tizimida o‘z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli 
tomondan o‘rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o‘z tabiatiga va 
til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra murakkab hodisadir. Inson 
nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‘ra tabiatda paydo 
bo‘ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar 
tizimini o‘rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. 
Ammo, inson foydolanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa 
tovushlardan farqli o‘laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan 
boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun
tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Nihoyat, 
tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham 
o‘rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o‘z holicha mavjud 
bo‘lmaydi. Ular so‘zlarni yasashda va fikr almashish vositasini 
ta’minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Tovushlarning fizik va 
biologik xususiyatlarini fonetika fani o‘rganadi. Tovushlarning til 
tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o‘rganadi. 
Fonetikaning bir necha ko‘rinishlari bor:
nazariy fonetika, amaliy 
fonetika, segmental, supergmental fonetika va fonologiya. 
Fonetikaning to‘rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya 
alohida fan sifatida qaraladi. 
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
33 
33
va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq fonetik 
jihatdan 
fraza, takt, bo‘g‘in va nutq tovushlari
ga ajraladi. 
Fraza 
nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan 
chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Frazalar taktdan 
tashkil topgan bo‘ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga 
joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir 
nechta bo‘g‘inning yig‘indisiga 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə