Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
 
5-
§.
 TIL –RAMZLAR TIZIMI 
Har qanday til fonetik tuzilish , grammatik qurilish va lug‘at 
tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qismlari muayyan 
qonuniyatlar asosida o‘zaro bog‘lanib , butun bir tilni hosil qiladi, til 
mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan tizimni tashkil etadi. 
Tilning rivojlanishi, ichki qurilishi, tilning murakkab tizim ekanligi I 
. A . Boduen de Kurtene , H . B . Krushevskiy , F . F . Fortunatov, V. 
A. Bogoroditskiy , A .A . Potebnya , A.A. Shaxmatov , S .P. 
Obnorskiy , V .V . Vinogradov ,A . M . Peshkovskiy , L. V. Sherba 
kabi tilshunoslarning asarlarida yoritilgan . Ichki qurilishi jihatidan til 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30 
30
ma’lum miqdordagi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan til 
birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish 
qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir .
Til inson hayotida muhim rol o‘ynaydigan hodisadir. Kishining 
butun hayoti til bilan bog‘langan bo‘lib, til yordamida kishilar o‘zaro 
fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, inson tili 
nihoyat darajada murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Til kishilik jamiyatida 
eng muhim aloqa quroli bo‘lib, insoniyatning uzoq davom etgan 
tarixiy taraqqiyoti jaroyinida yaratilgan barcha madaniy va ilmiy 
boyliklarni saqlaydigan va avloddan-avlodga yetkazib beradigan 
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tilning tabiati, mohiyati, kishilik 
jamiyatida bajaradigan vazifasi kabi muhim masalalar ilmiy 
o‘rganishni talab qiladi. 
Tilshunoslik fanining tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati 
kabi eng muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar 
mavjud bo‘lgan. A.Shleyxer tilning tabiati, tilning biologik tabiati 
to‘g‘risida, G.Paul til faqat individga xos hodisa ekanligi haqida, 
Vundt xalq psixologiyasi bilan til o‘rtasidagi munosat to‘g‘risida 
ilmiy ishlar olib borishgan va bir qancha asarlar yozishgan. 
Tilning belgilari uni aloqaning boshqa vositalaridan farqlash, tilni 
ijtimoiy hodisa sifatida xarakterlash imkonini beradi. Umuman, til 
kishilik aloqa-munosabatining eng muhim vositasi sifatida jamiyat 
bilan uning madaniyati, turmush va mehnat faoliyatida tildan keng va 
har tomonlama foydalanib kelayotgan barcha a’zolari bilan uzviy 
aloqada bo‘lib kelmoqda. Tilning jamiyatdagi bu vazifasini uning 
jamiyat, kishi ongi va fikrlash qobiliyati bilan aloqasini aniqlamay 
turib, til sistemasi, uning birliklari va kategoriyalarini chuqur anglab 
bo‘lmaydi. Kishilar o‘zaro aloqada o‘z fikrlarini, istaklarini, sezgi va 
ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlariga ta’sir qiladilar, bir-
birlarini tushunadilar. Tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini 
bajarishi uning kommunikativ funksiyasidir. Bundan tashqari til 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31 
31
ekspressiv va akkumulyativ funksiya bajaradi. 
Til boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli paydo 
bo‘lgan. Bu ehtiyojning kishilar jamiyat sohalari va inson faoliyatida 
yuz beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi tilda, birinchi 
navbatda, tilning lug‘at qismida o‘z aksini topadi. Demak, til tabiiy 
va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiat 
qonunlariga bo‘ysunmaydi. 
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki 
jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan 
chambarchas bog‘liq. 
Til ijimoiy hodisadir. Ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan 
ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik 
xususiyatlari(ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanisi va hokazo) tabiat 
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib 
boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati 
bo‘lishi shart. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli 
o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat 
qiladigan ijtimoiy hodisadir. 
Ko‘rinadiki, til o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. 
Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki 
qurilishini o‘rganishdir. Har qanday til fonetik tuzilishi, grammatik 
qurilish va lug‘at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy 
qismlari muayyan qonuniyatlar asosida o‘zaro bog‘lanib, butun tilni 
hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan tizimni 
tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma’lum miqdordagi o‘zaro 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu 
birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab 
tizimdir. Til tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‘zaro munosabati 
va bog‘lanish qonuniyatlari murakkab hamda ko‘p qirralidir. Garchi 
til yaxlit tizim bo‘lsa-da, bu tizim o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan, 
til tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32 
32
Har bir sathning o‘z birliklari va tushunchalari bo‘lib, ular bir-biridan 
farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan, 
lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, ushbu sathlar 
o‘zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil etadi. Til tizimini 
tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar: 
1.
Fonetik-fonologik sath. 
2.
Lug‘at sathi. 
3.
Grammatik sath. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə