Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
differensiatsiya
jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning 
dialektlarga parchalanishidir.
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat 
qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar 
kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til 
ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu 
jarayon 
integratsiya
 
deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub 
shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday 
jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga
ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir 
bo‘ladi.
Til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy 
psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganuvchi soha 
sotsiolingvistka 
(ijtimoiy tilshunoslik) dir. Sotsiolingvistika quyidagi 
masalalarni o‘rganadi:
1)
jamiyat va til o‘zaro bog‘liq, mutanosib tarixiy jarayon, 
hodisadir.
2)
jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham 
takomillashib boradi. 
3)
adabiy tilning, shevalarning lug‘at boyligi kengayadi, ortib 
boradi. 
4)
yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro 
iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga 
ta’sir ko‘satadi. Tillar leksik jihatdangina emas, balki grammatik 
jihatlariga ko‘ra ham ta’sirlashadi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, 
muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi 
tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24 
24
jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq 
tomonlarini 
o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, 
imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida aloqa-munosabat vositasi 
bo‘lgan tilning jamiyatga bo‘lgan nisbatini turlicha izohlashgan. Har 
xil fikrlar, turli nazariyalar vujudga kelgan. Ba’zi guruhlar tilni tirik 
organizm sifatida tushunishgan. Ba’zilari o‘zgarmas voqelik sifatida 
qarashgan. Bunday qarashlarni tanqidiy-tahliliy ravishda o‘rganib, 
quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1.Til tabiiy-biologik hodisa emas. 
2.Tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga 
bog‘liq emas.
3.Til kishilarning tabiatiga, irqiga, nasliga aloqador emas. 
4.Jamiyat bo‘lib uyushgan kishilargina aloqa-munosabat vositasi 
bo‘lgan tilga ega. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-
ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Til va 
jamiyat taraqqiyoti uzviy bog‘liqdir. Jamiyatda ro‘y beradigan har 
qanday voqelik, ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini topadi. Tilning 
ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat 
manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini tahlil qiluvchi asosiy 
soha hisoblanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini 
yoritishda 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə