Muallifdan


- §.  TILNING IJTIMOIY TABIATI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
3-
§. 
TILNING IJTIMOIY TABIATI 
 
Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida 
xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim 
shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. 
Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha 
madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga 
meros qoladigan asosiy vositadir.
Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo 
bo‘ladi ( boshqacha aytganda , «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), 
bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa 
boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, 
lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq 
tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“ o‘sishi”) va 
iste’mol qilinmay qolishi (“ o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki 
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini
uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan 
xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri 
hal qilish mumkin. 
Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir 
butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. 
Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati 
bilan butun bir tizimni tashkil etadi. 
Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V. fon Gumboldt (1767-
1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini 
belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi. V. Gumboldt 
tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar 
qatoriga qo‘shishga harakat qildi. 
V. Gumboldt ta'rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning 
uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16 
16
antinomiya qarama-qarshilik) metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir: 
Birinchi antinomiya:
til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki 
qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan 
ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, tilning ham 
tafakkurdan ajratib qo‘yilishi mumkin emas. 
Ikkinchi antinomiya:
til har doim rivojlanib turadigan dinamik 
hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat 
mahsulidir. Tilda so‘zlovchi har bir kishi o‘zining nutq faoliyati 
jarayonida tilning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan 
birga til insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan 
barcha tarixiy boyliklarini mujassamlantirgan va avloddan-avlodga o‘tib 
boradigan aniq tarixiy me’yordir. «Aslida til» «egrгoн» (faoliyat 
mahsuli) emas, balki «enерgiyа» (faoliyat) ning o‘zginasidir». Bu 
antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqning 
tilshunoslik fani ob'ektlari, sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari 
surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati 
masalasidan iborat. 
Uchinchi antinomiya
: nutq va tushunish antinomiyasidir. V. 
Gumboldt ta'rifiga ko‘ra nutq bilan nutqni tushunish inson nutq 
faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi. 
To‘rtinchi antinomiya:
tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarni 
o‘z ichiga oladi. V. Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat 
kollektivi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning 
qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir 
so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o‘z 
hissasini qo‘shadi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə