Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
anomalistlar
deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh 
olimlar “narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu 
bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va 
bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan” degan fikrni ilgari 
surishgan . Tarixda bu oqim 
anologistlar
deb nom olgan. 
Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralsa, narsalar bilan 
ularning nomi orasida , umuman olganda hech qanday bog‘lanish 
yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa 
bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 
dan ortib ketmasdi . Shuni aytib o‘tish kerakki , ayrim tillarning kelib 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

7
chiqishini, masalan o‘zbek , rus , hind , tojik va boshqa tillarning 
qachon paydo bo‘lganini , qanday tarkib topganligini aniq bilish 
mumkin. Ammo, biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini 
umuman tilning , insonlar nutqining paydo bo‘lishi masalasi bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi . Hozir dunyoda mavjud bo‘lgan jonli 
tillarning ham , ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib chiqish tarixini 
o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning qachon 
paydo bo‘lganligi , qachon tarkib topganligi aniqlangan . Biroq, yer 
yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi , 
dastlabki tillarda qanday so‘zlar bo‘lganligi , uning grammatik 
xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal 
qilinishi ham mumkin emas . Chunki bundan bir necha yuz ming 
yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom – nishonsiz yo‘qolib 
ketgan tillar ham bo‘lgan.
Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning 
fonetik tizimi, so‘z boyligi , grammatikasi va boshqa muayyan 
xususiyatlaridan qat’i nazar , umuman tilning kelib chiqishi 
o‘rganilar ekan, eng avvalo , tilning kelib chiqishidagi shart – 
sharoitlarni tadqiq qilish, ya’ni insonlar qanday sharoitda so‘zlay 
boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib 
chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish 
lozim . 
Tilning kelib chiqishi masalasini aniqlashdagi qiyinchilik 
shundan iboratki, birinchidan, hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman 
tilning qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida hech qanday dalillarga 
ega emas . Chunki hozir bizga ma’lum tillarning yozuv tarixi 10 -15 
ming yildan oshmaydi . Olimlarning faraz qilishicha , inson bundan 
bir necha yuz ming yil avval so‘zlasha boshlagan . Ammo, o‘sha 
davrdagi tillar to‘g‘risida hozirgi vaqtda hech qanday ma’lumot yo‘q 
. Shuning uchun ham tilshunoslik fani bu masalani to‘g‘ridan – 
to‘g‘ri o‘rganish imkoniyatiga ega emas. Dunyoda eng avval paydo 
bo‘lgan tilning fonetik tuzilishi , so‘z boyligi qanday ekanligini , 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

8
grammatik shakllari nimalardan iboratligini bilish mumkin emas. 
Umuman, tilning qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi masalasini 
ilmiy farazlarga asoslanib o‘rganish mumkin bo‘ladi. Tilshunoslik 
ilmi bir – biriga yaqin bo‘lgan psixologiya , fiziologiya , etnografiya , 
arxeologiya , tarix va shunga o‘xshah fanlarning dalillariga suyanib , 
tilning kelib chiqishi masalasiga yondashishi mumkin .
Turli nutq tovushlarini biriktirib , so‘zlar hosil qilish va so‘zlar 
vositasida gap tuzib , istak va maqsadni ifodalash kishilik 
jamiyatining boshlang‘ich davrlarida yashagan odamlarni o‘ylantirib 
kelgan . Shuning uchun tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida qadimgi 
kishilar turli rivoyatlarni to‘qiganlar. Bu rivoyatlarning ba’zilarida til 
ma’budlar, ba’zilarida Alloh tomonidan yaratilib , kishilarga taqdim 
qilinganligi , ayrimlarida esa tilni ajoyib bir donishmand yaratganligi 
talqin qilingan . 
Yuqorida ta’kidlanganidek, antik zamonlardan beri tilning kelib 
chiqishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar yaratilgan . Antik 
faylasuflar tilning kelib chiqishini bir – biriga qarama – qarshi 
bo‘lgan ikki xil nazariya bilan tushuntirishga harakat qilganlar . Ba’zi 
faylasuflar til tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan , ya’ni so‘z va 
predmetlar o‘rtasida to‘g‘ ridan – to‘g‘ri tabiiy bog‘lanish bo‘lganligi 
uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan , deb 
isbotlamoqchi bo‘lganlar . Ba’zi faylasuflar esa til kishilarning bir-
biri bilan o‘zaro kelishishi natijasida vujudga kelgan , deb 
hisoblaganlar , Ana shu bir-biriga qarama – qarshi ikki nazariyaning 
o‘zaro kurashi natijasida yana bir qancha nazariyalar vujudga kelgan.
Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi 
nazariyalar mavjud bo‘lib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu 
nazariyalarning ba’zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda 
bo‘lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari 
ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun , keyin boshqalar 
uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa 
tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

9
nazariyalar , farazlar yaratildi . Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil 
asosida o‘rganilishi lozim . Bu nazariyalar asosan 4 ta : 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə