Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Ovozga 
taqlid 
nazariyasi
kishilarning 
o‘z 
atrofidagi 
predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki 
so‘zlar , predmetlarning nomlari paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi . 
Bu nazariya qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida 
o‘rtaga tashlangan bo‘lib , unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli , yo 
ongsiz tarzda turli – tuman tovushlar , ya’ni hayvonlarning 
baqiriqlari , qushlarning sayrashi , shamol va sharsharalarning 
ovozlariga taqlid qilishga harakat qilishgan . Masalan :
chumchuq , 
kaklik , qarg‘a , shir-shir , taq-tuq , kuk-ku , gumbur-gumbur
kabilar. 
Ammo bu so‘zlar hamma tilda mavjud bo‘lsa ham , ular juda 
ozchilikni tashkil qiladi . Tabiatda tovush chiqarmaydigan 
narsalardan tovush chiqaradiganlari kam . Shunday ekan , tovush 
chiqarmaydigan narsalarning nomi qanday shakllangan, degan savol 
tug‘iladi . Bu nazariya to‘g‘ri bo‘lsa , unda ibtidoiy jamiyatda 
yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlar soni fan va 
texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi 
kerak. Lekin so‘nggi yillarda Janubiy Amerika va Avstraliyada 
topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida 
o‘tkazilgan tajribalar bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan 
yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga qaraganda birmuncha 
kamchilikni tashkil qilishi ko‘rsatiladi. Undan tashqari, tabiatdagi 
tovushlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining o‘ta rivojlangan 
bo‘lishi ham aniqlangan. Shuning uchun taqlidiy so‘zlar tilning 
paydo bo‘lishi masalasini hal qilishda asosli ahamiyatga ega emas. 
Demak , ovozga taqlid nazariyasi tilning kelib chiqishi masalasini 
to‘g‘ri hal qilib berolmaydi. 
Undovlar nazariyasi 
ham tilning paydo bo‘lishi masalasini talqin 
qiluvchi nazariyalardan biri bo‘lib , bu nazariya tarafdorlari tildagi 
barcha so‘zlar kishilarning ichki tuyg‘ulari, qahr-g‘azablari, his-
hayajonlari, ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo‘lgan , deb 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10 
10
da’vo qiladilar . Bu nazariya ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham 
hayvonlarning 
baqiriq-chaqiriqlari 
yotadi. 
Mazkur 
nazariya 
asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-
chaqiriqlarini o‘rganib , ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari , 
g‘am-alamlarini ifodalashgan:
oh , uh, joy, ing
kabi so‘zlar bunga 
misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday 
so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan , deb tushuntiriladi . Taniqli 
faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan. 
Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday 
so‘zlarning miqdori shu qadar kamki , tildek murakkab hodisa ana 
shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan , deyish bu masalani juda soddalashtirib 
yuborgan bo‘lar edi .
Ma’lumki , tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr 
almashinuvini ta’minlashdir . Binobarin , mazkur nazariyani qabul 
qilish tilning asosiy vazifasini , tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad 
etishga olib keladi . Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham 
jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi . Tilning yashashi va 
rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bog‘liq : jamiyat bor joydagina til 
bor , til bor joyda jamiyat bor . 
Demak , bu nazariya ham tilning kelib chiqish masalasini to‘g‘ri 
yoritishga ojizlik qiladi . 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə