Muallifdan


takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u  bo‘lsa shuncha takt bo‘ladi.  Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
takt
deyiladi. Frazada nechta urg‘u 
bo‘lsa shuncha takt bo‘ladi. 
Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
Bo‘g‘in
bir yoki bir nechta 
tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik 
birlikdir. Bo‘g‘in ta’rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. 
Shulardan ikkitasi: 
fonologik bo‘g‘in nazariyasi va fonetik bo‘g‘in 
nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi sifatida 
o‘rganilganda “nutq tovushlari” yoki “fonlar” deb yuritiladi. “Fon” 
hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo‘lib, nutqning eng 
kichik, ma’no anglatmaydigan birligidir. 
Nutq tovushlarining o‘rganilishidagi aspektlardan biri 
fonologiya 
deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya 
o‘rganadi. Fonologiyaning o‘rganish manbai fonemadir. 
Fonema 
so‘z, so‘z shakllari va morfemalarni tashkil etuvchi, ma’no farqlash 
uchun 
xizmat 
qiluvchi 
eng 
kichik, 
boshqa 
bo‘laklarga 
bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan, 
tup-tub; quy-qo‘y; sut-sud
so‘zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema 
bilan farq qiluvchi so‘zlar 
kvaziomonimlar
deb yuritiladi. Tildagi 
barcha fonemalar bir-biriga nisbatan ma’lum ko‘lamda bo‘ladi. 
Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati fonologik tizimni 
tashkil etadi. 
Lug‘at sathi
Tilning lug‘at sathi tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisidan 
iborat. Lug‘at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik 
sathlaridan har doim o‘zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib, 
farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
34 
34
lug‘at sathining doimiy o‘zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, 
tilning lug‘at sathi paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi doirasi jihatdan bir-
biridan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Lug‘at 
sathining asosiy birligi hisoblangan so‘z yordamida kishilar predmet 
va hodisalarni ifodalaydilar; gapda esa so‘zlar o‘zaro birikib fikr 
ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug‘at sathini leksikologiya 
o‘rganadi. So‘zning ta’rifi, so‘z va predmet, so‘z va tushuncha
lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, 
lug‘atning qatlamlari kabi muammolar leksikologiya o‘rganadigan 
asosiy masalalar hisoblanadi. So‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va 
shaklida bo‘lgan o‘zgarishlarni 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə