Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Farg’ona Filiali tt va kt fakulteti dasturiy injenering yo’nalishi 652-20 gurux talabasi G’aniyev Samandarning Operatsion tizimlar fanidan tayyorlagan


PKGMGR - Windows dasturiy paketlarini boshqarish PNPUTIL



Yüklə 6,64 Mb.
səhifə31/32
tarix17.05.2023
ölçüsü6,64 Mb.
#110768
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Otm2

PKGMGR - Windows dasturiy paketlarini boshqarish

PNPUTIL - PnP qurilma drayverlarini sozlash

POPD - PUSHD buyrug'i yordamida avval saqlangan katalogga qaytish

5-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Yuklanuvchi usb fleshkani tashkil etish
Ishdan maqsad: Operatsion tizimni o’rnatish uchun USB disk yaratuvchi dasturlar va jarayon bilan tanishish.
Amaliy mashg’ulotni bajarishda zaruriy vositalar: Kompyuter va Windows operatsion tizim turkumidagi tizim yuklovchi disk, Ultra ISO amaliy dasturiy paketi.



11-rasm
Ko‘plab foydalanuvchilar «Windows» yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda «UltraISO» dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu qo’llanma orqali turli variantlarda qadamma‑qadam «UltraISO»da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rsatib beriladi.
«UltraISO» yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 10, 8, Windows 7, Linux) obrazidan, shuningdek turli «LiveCD»lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
«UltraISO» dasturida disk obrazidan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Boshlanishiga «Windows» va boshqa operatsion tizimlarni o‘rnatish yoki kompyuterning reanimatsiyasi uchun yuklanuvchi USB saqlash qurilmasini yaratishning eng keng tarqalgan variantini ko‘rib chiqamiz. Ushbu misolda biz, «Windows 7» yuklanuvchi fleshkasini yaratishdagi har bir bosqichni ko‘rib o‘tamiz, keyinchalik esa ushbu operatsion tizimni har qanday kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Kontekstdan shunisi ma’lumki, bizga ISO fayl ko‘rinishidagi «Windows 7», 8 yoki 10 (yoki boshqa OT)ning yuklanuvchi ISO obrazi, «UltraISO» dasturi va muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlamagan (chunki ularning barchasi o‘chiriladi) fleshka kerak bo‘ladi. Ishga kirishamiz.«UltraISO» dasturini ishga tushiring, dastur menyusida «Fayl» → «Открит»ni tanlang, operatsion tizim obrazi fayli joylashgan manzilni ko‘rsating va « Открит» tugmasini bosing.

  1. Ochilganidan so‘ng siz «UltraISO»ning asosiy oynasida obrazga kiruvchi barcha fayllarni ko‘rishingiz mumkin. Umuman olganda ularni shunchaki ko‘rib chiqishdan ma’no yo‘q, shuning uchun davom etamiz.




12-rasm

  1. Dasturning bosh menyusida «Самозагрузка» → «Записат образ жесткого диска» («UltraISO»ni rus riliga tarjimasining turli versiyalarida, har xil variantlar bo‘lishi mumkin, biroq mazmuni tushunarlidir) larga bosing.

  2. 14-rasm

  3. Disk Drive (Disk) maydonida yozish jarayonida qatnashadigan fleshka ko‘rsatiladi. Bu oynada shuningdek uni oldindan formatlab olish mumkin. Obraz fayli allaqachon tanlangan va oynada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yozish usulini yaxshisi qoida bo‘yicha o‘rnatilganida qoldirgan ma’qul – ya’ni, USB-HDD+«Записат» tugmasini bosing.

15-rasm

  1. Shundan so‘ng fleshkadagi barcha ma’lumotlar o‘chirilishi haqida ogohlantiruvchi oyna paydo bo‘ladi, so‘ngra ISO obrazidan yuklanuvchi fleshkaning yozilishi boshlanadi, ushbu jarayon esa foydalanuvchidan bir necha daqiqa kutishni talab etadi.

Ushbu harakatlar natijasida siz «Windows 10», 8 yoki 7ni noutbuk yoki kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan tayyor yuklanuvchi USB saqlash qurilmasiga erishasiz. «UltraISO»ni rus tilida rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin: https://ezbsystems.com/»UltraISO»/download.htm
Yuqorida keltirilgan variantdan tashqari, siz yuklanuvchi fleshkani ISO obrazidan emas, balki mavjud DVD yoki CD diskidan, shuningdek «Windows» fayllari joylashgan papkadan yaratishingiz mumkin, shular haqida maqolamizda so‘z yuritamiz.

Yüklə 6,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə