Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Farg’ona Filiali tt va kt fakulteti dasturiy injenering yo’nalishi 652-20 gurux talabasi G’aniyev Samandarning Operatsion tizimlar fanidan tayyorlagan


DVD diskdan yuklanuvchi fleshkani yaratish



Yüklə 6,64 Mb.
səhifə32/32
tarix17.05.2023
ölçüsü6,64 Mb.
#110768
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Otm2

DVD diskdan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Agar sizda «Windows» yoki boshqa biror narsani o‘z ichiga olgan yuklanuvchi kompakt‑disk mavjud bo‘lsa, «UltraISO» yordamida Siz dastlab ushbu diskning ISO obrazini yaratib o‘tirmasdan, uning o‘zidan to‘g‘ridan‑to‘g‘ri yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
Buning uchun dasturda «Файл» → «Открит CD/DVD»larga o‘tasiz va kerakli disk joylashgan diskovodning yo‘nalishini ko‘rsatasiz.

16-rasm
DVD diskidan yuklanuvchi fleshkani yaratish
So‘ngra, bundan oldingi holatdagi kabi«Самогзагрузка» → «Записат образ жесткого диска»larga o‘tasiz va «Записат» tugmasini bosasiz. Natijada yuklanuvchi sohasi bilan birga to‘liq nushalangan diskka erishasiz.
«UltraISO»da Windows fayllari joylashgan papkadan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Yuklanuvchi fleshkani yaratish mumkin bo‘lgan so‘nggi variantga to‘xtalib o‘tamiz. Faraz qilaylik, sizda distributivni o‘z ichiga oluvchi yuklanuvchi disk yoki uning obrazi yo‘q, lekin «Windows»ni o‘rnatishda qatnashuvchi barcha fayllar nushalab o‘tkazilgan papkaning o‘zi mavjud bo‘lsa… Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

17-rasm «Windowsning yuklanish fayli
«UltraISO» dasturida «Файл» → «Новий» → Самозагружаемий образ CD/DVD»larga bosing. Yuklanish faylini yuklab olishni tavsiya qiluvchi oyna ochiladi. Ushbu fayl «Windows 7», 8 va «Windows 10» distributivlarida boot papkasida joylashgan va bootfix.bin deya nomlanadi.

18-rasm
Buni amalga oshirganingizdan so‘ng, «UltraISO» ishchi sohasining pastki qismida Windows distributivining fayllari joylashgan papkani tanlang va uning tarkibini (papkaning o‘zini emas) ayni damda bo‘sh turgan dasturning ustki o‘ng qismiga olib o‘tkazing.
Agar yuqoridagi indikator «Новий образ переполнен» xabarini bergan holda qizarsa, shunchaki uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va DVD diskiga mos keluvchi 4.7 Gb o‘lchamni tanlang. Keyingi qadam – avvalgi holatlardagi kabi: «Самозагрузка» → «Записат образ жесткого диска», qaysi fleshkani yuklanuvchi qilish lozimligi ko‘rsatasiz va «Файл образа» maydonida hech nima ko‘rsatmaysiz, u yer bo‘sh bo‘lishi lozim, yozishda joriy loyiha qo‘llaniladi. «Записат» tugmasiga bosasiz va birmuncha vaqtdan so‘ng Windows’ni o‘rnatuvchi USB fleshka tayyor bo‘ladi.
Bu «UltraISO» yordamida yuklanuvchi saqlash qurilmasini yaratishning barcha usullari emas, lekin fikrimizcha, ko‘pchilik uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni amalda qo‘llab ko‘rish yetarli bo‘lishi kerak.









Yüklə 6,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə