Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Korporativ tarmoqlarda axborot resurslaridan foydalanish



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə6/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Korporativ tarmoqlarda axborot resurslaridan foydalanish

Elektron kutubxonaning milliy resurslari, axborot-kutubxona resurslari, shuningdek, jahon axborot resurslari asosida shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri bu AKMlarning korporativ hamkorligi hisoblanadi. Kompyuterlashgan kutubxonadan virtual kutubxonagacha bo‘lgan turli xil turdagi, turli darajadagi kutubxonalar o‘rtasida operativ ravishda ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish murakkab jarayonlardan biridir. Bu axborot va dasturiy moslashgan, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini intensiv joriy qilish, elektron-kutubxonalarni shakllantirish AKMlarning korporativ tarmog‘ini rivojlantishga asos bo‘ladi.
Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmog‘i – bu boshqaruv-iqtisodiy nuqtayi nazardan mustaqil bo‘lgan AKMlarining foydalanuvchilarga axborot kutubxona xizmati ko‘rsatishda sifat va son jihatdan yangi xizmat turlarini joriy etishdagi birlashuvidir.
Korporativ tarmoq ilmiy-ta’limiy va ilmiytexnik axborotlarni tarmoqlarda, jumladan, axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ida shakllantirish, moddiy va insoniy resurslarni iqtisod qilishda muhim hisoblanadi. AKMlarni korporativ tarmog‘ini birlashuvida korporativ kataloglashtirish tizimini yaratish muhim omillaridan biridir.
Korporativ kataloglashtirish – bu bir qancha tashkilotlarga (kutubxona, ARM, AKM) kelayotgan yangi hujjatlarning elektron kataloglarini shakllantirish va ulardan foydalanishni amalga oshirishdagi tashkilotlarning birga olib borayotgan ish faoliyatidir. Korporativ kataloglashtirishning quyidagi asosiy qonun-qoidalarini ko‘rsatish mumkin:
1 Dasturiy axborot mosligi
2 O‘z xohishiga ko‘ra a`zo bo`lish
3 Texnik tayyorliki
4 Tashkiliy tayyorliki
5 Kadrlar tayyorgarligi
Dasturiy axborot mosligi shuni angalatadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari bibliografik axborotni taqdim etishning formatlariga (MARC kelisha oladigan) mos holda yagona dasturiy axborot asosga ega bo‘lish lozimligini anglatadi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə