Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Bulutli texnologiyalar asosida korporativ tarmoqlarda elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish va qidirish



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə8/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Bulutli texnologiyalar asosida korporativ tarmoqlarda elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish va qidirish

Axborot-kutubxona faoliyatidagi texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari tahlili quyidagi rivojlanish yo‘nalishlarida xulosa qilish imkonini yaratadi:



  • global axborot tizimlari va axborotga ega bo‘lishning barcha imkoniyatlari orqali, foydalanuvchilarning joylashgan joyidan va so‘rovlarning turidan qat’i nazar, ularning ehtiyojlarini imkon darajasida qondirish;

  • elektron kutubxonalar va virtual korporativ tarmoq muhitida jahon ilmiy-ta’limiy resurslarini to‘plash vositalari va usullarini rivojlantirish;

  • foydalanuvchilarni nafaqat kutubxonadan, balki, masofaviy erkin foydalanish orqali mustaqil axborot olish, hatto resurslarni shakllantirish va axborot xizmatlarini ko‘rsatishga faol jalb qilish;

  • olinadigan va shakllantiriladigan axborotning turli xil bo‘lishi;

  • axborot-kutubxona infratuzilmasini rivojlantirishni faollashtirish.

Axborot-kutubxona infratuzilmasi (AKI) tushunchasi ostida respublika yoki mintaqa miqyosida axborot-kutubxona muassasalarining (AKM) foydalanuvchilari ehtiyojlarini maksimal ravishda qondirishga qaratilgan, axborotni saqlash va tavsiflash, yagona uzatish standartlariga asoslangan yagona tarmoqqa birlashuvi tushuniladi.
Axborot-kutubxona muassasalarini (AKM) rivojlantirishda asosan quyidagi ikkita model ishlatiladi:
1.AKMlarining mahalliy taqsimlangan modeli. №1 model.
2.Mijoz-server modeli. №2 model.
AKMlarining mahalliy taqsimlangan modeli. 1-model 1970-80-yillar va 90-yillar boshida yetakchi G‘arb davlatlarining kutubxona va arxivlarida keng tarqalgan edi. Bunda har bir axborot muassasalari o‘zining elektron kataloglarini tashkil etib, elektron pochta va Internetdan axborot va yozuvlar almashuvida foydalanganlar.
Mijoz-server modeli. 2-model Internet rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi, bunda Internet orqali uzatiladigan ma’lumotlar tezligi mahalliy tarmoqdagi ma’lumot almashinuviga tenglashgan davrga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ikki modelning asosiy farqi shundaki, 2-model bir ixtisoslashgan tashkilotda markazlashgan ma’lumotlar bazasi boshqaruvi tashkil etilishini taqozo etadi, 1-modelda ma’lumot bazalarining boshqaruvi har bir axborot muassasasida tashkil etiladi (1-jadval).



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə