Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Lexis-Nexis http://www.lexisnexis.com



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə28/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Lexis-Nexis
http://www.lexisnexis.com
Lexis-Nexis ilmiy elektron axborotni to‘plovchi dunyodagi yirik agregatorlardan biri hisoblanadi. To‘liq kolleksiya turli fan sohalariga oid 35000 dan ziyod axborotni o‘z ichiga oladi. Amerika va G‘arbiy Yevropa qonunchiligiga oid noyob manbalar, sud qarorlari, moliyaviy va biznes-yangiliklarni o‘z ichiga olib, xalqaro yuristlar, iqtisodiy va biznes tahlilchilari, iqtisodchi talabalar uchun qimmatbaho vosita hisoblanadi. Lexis-Nexis bazasi qonunchilik, sud, soliq va moliyaviy axborotlarni, korporativ hisobotlarni, davriy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatlidir. Xususan, Abeledo-Perrot, Martindale-Hubbell(r), Butterworths, Les Editions du Juris-Classeur, Matthew Bender(r), Shepard,s(r) va Orac kabi nashriyotlarning materiallarini o‘z ichiga oladi.

Methods in Enzymology


ScienceDirect:
http://www.sciencedirect.com/science/bookseries/00766879 platformasida taqdim etiladi.
Bu davriy nashrlarning seriyasi meditsina biologik fanlarning turli sohalarida, bioximiya sohasida faoliyat yurituvchi olimlar, tadqiqotchilar uchun qimmatbaho nashr materiallarini taqdim etadi.


Optical Society of America


http://www.opticsinfobase.org/
Optical Society of America – optika sohasi bo‘yicha mutaxassislarning ilmiy hamjamiyati hisoblanadi. Yorug‘lik optikasi va fotonika bo‘yicha olingan bilimlarni fanda, sanoatda va ta’limda qo‘llash masalalari bilan shug‘ullanadi. 2006-yildan boshlab, optika va turdosh sohalar bo‘yicha 33000 dan ortiq jurnallarda chop etilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtiradi.
Ovid
www.ovid.com
Bu marka ostida 200 dan ziyod axborot mahsulotlarini o‘z ichiga olgan kompleks taqdim etiladi. Shular jumlasidan bibliografik ma’lumot bazalari, kitob va jurnallarning to‘liq matnlari, shuningdek, alohida soha va mavzular bo‘yicha axborot ta’minotini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazmun jihatidan biznes, moliya, qishloq xo‘jaligi, tabiiy va gumanitar fanlarga oid sohalarni qamrab olgan bo‘lsada, Ovid asosiy e’tiborni meditsina va farmakologiyaga oid resurslarga e’tibor qaratadi. 2001-yil Ovid ga qo‘shilgan SilverPlatter kompaniyasining axborot massivi asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə