Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Sage STM (Science, Technology & Medicine)



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə30/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Sage STM (Science, Technology & Medicine)
http://www.sagepub.com/home.nav
STM – bu tabiiy fanlar, texnika va meditsina sohalari bo‘yicha 100 dan ortiq jurnallar to‘plami. Sage Publications kompaniyasi materialshunoslik, sotsiologiya, kriminalistika, etnologiya, psixologiyaga oid gumanitar jurnallari bilan mashhur. Nashriyotning 120 ta jurnallari AQSH ilmiy axborot instituti ma’lumot bazalarida keltirib o‘tiladi.
ScienceDirect
www.sciencedirect.com
Elsevier nashriyotchilik korporatsiyasi mahsulotlaridan foydalanishga imkon beruvchi ma’lumot bazasi sifatida 1999-yil tashkil etilgan. Keyinchalik uning mazmuni kengaydi va hozirgi kunda ScienceDirect ilmiy va texnik axborot, meditsinaga oid yirik axborot manbalaridan biri hisoblanadi. 5,5 milliondan ziyod ilmiy jurnal va kitoblarning, referatlarning ma’lumot bazalari, fundamental ensiklopedik va ma’lumotnoma nashrlarining to‘liq ma’lumot bazalarini o‘z ichiga oladi. Barcha hujjatlar PDF shaklda taqdim etiladi. Ba’zi materiallarning PDF shakllari bilan bir qatorda, HTML yoki TIFF shakllari ham taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar bazada qo‘yilgan barcha jurnal, kitob, ensiklopediyalarning mundarijalarini ko‘rish imkoniga ega. Shuningdek, to‘lovni amalga oshirish va xohlagan manbaga ega bo‘lish Pay per view funksiyasi orqali amalga oshiriladigan interfeysga ega.
Scitation
http://scitation.aip.org/
Scitation platformasi 20 dan ziyod ilmiy jamiyatlar nashriyotlarining elektron nashrlarini yig‘adi. American Institute of Physics jurnallari – tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha tadqiqot tashkilotlarining va ta’lim muassasalarining kutubxonalari uchun zarur bo‘lgan nufuzli ilmiy nashrlardir.

SPIE Digital Library


http://spiedl.org/
SPIE resurslari tavsifi optika va fotonika, unga turdosh bo‘lgan sohalar bo‘yicha 260 000 dan ziyod maqolalarni (yiliga 17 000 ortiq yangi maqolalar, konferensiya materiallari) o‘z ichiga oladi. To‘liq matnlardan foydalanish: elektron shaklda foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi sondan (1990-y.), hozirgi vaqtga qadar.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə