Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə33/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

East View kompaniyasi
http://eastview.com/
East View (Ist Vyu) Minneapolisda (AQSH) joylashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, Rossiya va Ukrainada ofislari mavjud. Kompaniya 1989-yilda tashkil topgan. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri rus tildagi elektron resurslarni taqdim etish hisoblanadi. Asosan G‘arbiy Yevropa, AQSH va Yaponiyada joylashgan yirik ommaviy kutubxonalar, universitetlar va ilmiy markazlar kompaniyaning ma’lumotlar bazalariga obuna bo‘ladi. Kompaniyaning East View Publications (Ist Vyu Pablikeyshns) firmasi rus tildagi onlayn ma’lumotlar bazalarini taqdim etadi. Rossiya nashrlarining ma’lumotlar bazalaridan Garvard, Yel, Prinston, Nyu-York, Chikago, Michigan, Indiana universitetlari hamda AQSH va Yevropadagi o‘nlab ilmiy muassasalar va ommaviy kutubxonalar foydalanadi. East View Publications umumiy ma’lumotlari va resurslaridan http://www.eastview.com/, http://news.mosinfo.ru http://www.ebiblioteka.ru/ saytlarda foydalanish mumkin. «IVIS» MChJ kompaniyasi East View Information Services, Inc. Amerika kompaniyasining Rossiya va MDH mamlakatlaridagi rasmiy hamkori va eksklyuziv distribyutori hisoblanadi. East View Publications ma’lumotlar bazalari ijtimoiy va gumanitar fanlar, harbiy mavzuga doir manbalar, Rossiya va MDH mamlakatlaridagi axborot agentliklarining yangiliklari, Rossiya, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining markaziy va mintaqaviy davriy nashrlari, shuningdek Rossiya parlament nashrlarini o‘z ichiga olgan.
RF Fanlar Akademiyasining ba’zi bir nashrlari, Ukraina, Boltiqbo‘yi va MDH boshqa mamlakatlarining davriy nashrlari «Ist Vyu» ma’lumotlar bazalarida eksklyuziv tartibda taqdim etilgan. Manbalarning umumiy soni 5000 ni tashkil etadi. Ularning xronologik davri 90-yillarning o‘rtalaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Manbalar bosma nashrlarga muvofiq ravishda bazalarga to‘liq joylashtirilgan.
Ma’lumotlar bazalarining qisqacha tavsifi:
1. Rossiyaning markaziy gazetalari – Central Russian Newpapers (UDB-COM)
Bu baza Moskva va Sankt-Peterburgda chop etiladigan 46ta gazetalardan tashkil topib, 800000 ga yaqin maqolalarni o‘z ichiga olgan. Arxiv chuqurligi asosan 1997-yildan boshlanadi.
2. Rossiyaning mintaqaviy gazetalari – Regional Newspapers (UDB -REG)
Mazkur ma’lumolar bazasi Rossiyaning barcha hududlari, shu jumladan Shimoliy Kavkaz va Sibir hududlarida chop etiladigan 82 dan ortiq gaz va neft sanoatiga doir nufuzli gazetalarni o‘z ichiga oladi. Arxiv chuqurligi asosan 2000-yildan beri hisoblanadi.
3. Yangiliklar – Data base of Russian/NIS Newswires (UDB - NEWS)
Ushbu baza Rossiyaning 4 ta axborot agentligining rus va ingliz tilidagi (2 manba) yangiliklari, shuningdek Markaziy Osiyo hududining yangiklarini (Asia-Plus) o‘z ichiga oladi. Bu bazadagi ma’lumotlar har kuni yangilanadi. Maqolalarning umumiy soni 350000 ni tashkil etadi.
4. Ijtimoiy va gumanitar fanlar. Rossiya jurnallari-Social Sciences&Humanities from Russia (UDB-EDU)
Bu ma’lumotlar bazasi 51 ta ilmiy va badiiy-adabiy jurnallar, shu jumladan Rossiya FA nashriyotining 31ta jurnallarini o‘z ichiga olgan. Arxiv chuqurligi 2000-yildan boshlanadi. Ma’lumotlar muntazam yangilanadi.
5. RF Parlament nashrlari-Database of Russian Duma Publications (UDB-GOV). Mazkur baza 18 ta parlament nashrlaridan iborat. Arxiv chuqurligi 1999-yildan hisoblanadi. Bazadagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanadi.
6. Harbiy va mudofaa mavzusiga oid Rossiya jurnallarining ma’lumotlar bazasi – Universal Database of Russian Military and Security Periodicals (UDB-MIL). Ushbu baza Rossiyaning turli hududlaridagi mustaqil va davlat nashrlarning 48 ta manbalaridan tashkil topgan. Arxiv chuqurligi 1999-yildan boshlanadi. Ma’lumotlar muntazam yangilanadi.
7. MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi markaziy nashrlarning ma’lumotlar bazasi The Universal Database of CIS and Baltic Newspapers. Bu baza Belarus, Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida chop etiladigan 28 ta davriy nashrlarni o‘z ichiga olgan. Arxiv chuqurligi 2000-yildan hisoblanadi.
Dastur 2 rejimda: soddalashtirilgan (kalit so‘zlar bo‘yicha) va satrlar bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kompaniyaning ma’lumotlar bazalari asosan milliy va mintaqaviy kutubxonalar, tadqiqotchilar, olimlar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilarning maqsadli guruhi – bu talabalar, an’anaviy (klassik) va gumanitar fanlarga ixtisoslashgan universitetlar, harbiy OTM o‘qituvchilari va xodimlari, axborot-kutubxona xodimlari va kitobxonlari, ITI ilmiy xodimlari, qonunchilik va ijro etuvchi tashkilotlarning vakillari hisoblanadi.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə