Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə41/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

SPRINGERLINK platformasi - ulkan tarmoqli platforma bo‘lib, qo‘llanmalar va ma’lumotlar bazasi, elektron kitoblar, jurnallar va ko‘rsatkichlarning to‘liq to‘plamidagi 9000000 dan ziyod ma’lumotlardan erkin va oson foydalanish imkonini taqdim etadi. Ushbu baza 550000 maqolalar, 500000 ma’lumotnomalar, laboratoriya tadqiqotlari uchun 40000 protokollarni o‘z ichiga oladi. Har yili 7000 dan ortiq yangi elektron kitoblar va 2000 metodik qo‘llanmalar, har oyda esa 12000 ziyod jurnal maqolalari qo‘shiladi.
SPRINGER MATERIALS ma’lumotlar bazasi - jahondagi eng yirik fizika va ximiyaga oid materiallar manbasi hisoblanadi. Minglab ekspertlar tomonidan tekshirib kiritilgan, yig‘ilgan ma’lumotlarning jahondagi yirik manbasidir. 9100 tarmoq hujjatlari, 1000000 dan ortiq ilmiy havolalar, 165000 dan ortiq modda qorishmalar, 3000 dan ortiq xossalar bo‘yicha ma’lumotlar, doimiy ravishda to‘ldirilib, yangilanib turiladi.
Quyidagi bilim sohalarini qamrab oladi:

Springer Open – kompaniyaning mahsuloti hisoblanib, 500 tadan ortiq ilmiy jurnallar va 20 dan ortiq ilmiy kitoblardan ochiq foydalanish imkonini yaratadi. Barcha resurslar sohalarning yetakchi ekspert mutaxassislari tomonidan retsenziyalanadi. Ko‘pgina nashriyotlar bilan hamkorligi bois, Springer Open ilmiy xodimlarga fanning barcha sohalari bo‘yicha maqolalar chop etishga imkon yaratadi.
BioMed Central - ilmiy-texnik va meditsina sohasi bo‘yicha 291 ta retsenziyalanadigan jurnallarni chop etadi. Portfoliosi biologiya, meditsina va biomeditsinaning barcha sohalarini qamrab oladi. Barcha jurnallar chop etilgach, tezlik bilan erkin foydalanishga taqdim etiladi.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə