Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə39/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Oxford English Dictionary
Oksford lug‘ati (Oxford English Dictionary)600000 zamonaviy va eskirgan so‘zlarning talaffuzi, ma’nosi va tarixi bo‘yicha ma’lumot beradi. Bu yerda 3 millionta iqtiboslar, shuningdek ingliz nutqining 1000 yillik hayot davri mobaynidagi ingliz tili va ayrim ingliz so‘zlarning tarixi aks ettirilgan tezaurusdan erkin foydalanish imkoniyati mavjud. Oxford English Dictionaryning vaqt ko‘lamlari muayyan so‘zlarning mavzu, mintaqa yoki kelib chiqishiga qarab ingliz tilida qachon paydo bo‘lganlarini aniqlashga yordam beradi. Yiliga to‘rt marotaba yangi va qaytadan ko‘rib chiqilgan so‘z ma’nolari bilan to‘ldiriladi.
Grove Art Online
Grove Art Online – jahon san’atiga bag‘ishlangan ilmiy ensiklopediya bo‘lib, fovizm, Frida Kalo kabi turli mavzularga doir maqolalardan va tadqiqotni chuqurlashtirishga imkon beruvchi bibliografik ma’lumotlardan iborat. 500000 dan ziyod bibliografik havolalar, 45000 mualliflik maqolalar, 6000 suratlar, 21000 rassomlar, arxitektor, homiylar, kollektorlar, galeristlar, nazariyotchilar, yozuvchilar, olimlar va h.k. biografiyalari mavjud. Bu yerda Sibelius dasturi asosida yaratilgan 500dan ziyod musiqiy namunalar vositasida turli musiqiy yo’nalishlar va bastakorlar haqida tushunchaga ega bo‘lish mumkin.
Oxford Medicine Online
Oxford Medicine Online – 85 tibbiy sohalarni o‘z ichiga olgan onlayn-resurslar to‘plami. Mazkur resurs muntazam ravishda yangilanib, 700 nashrlar, 40000 rasm, grafik va diagrammalar, 750 videomateriallar, shuningdek test topshiriqlari yordamida tibbiy xodimlarning bilim darajalarini tekshirishga mo‘ljallangan vazifalarni o‘z ichiga olgan.
Oxford University Press Law
Oxford Law Online – Oksford universitetining huquq sohasiga doir barcha resurslarni birlashtiruvchi yagona axborot manbayi hisoblanadi. Investment Claims -mazkur resurs xalqaro investitsion huquq va hakamlik (huquq va arbitraj) sohasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan materiallar va taqrizlar to‘plami hisoblanadi.
Oxford Reports on International Law -xalqaro ijtimoiy huquq sohasidagi halqaro, milliy (ichki) va maxsus arbitraj sudlar tomonidan kiritilgan qarorlar to‘plami. Max Planck Encyclopedia of Public International Law -tahliliy resurs bo‘lib, xalqaro ijtimoiy huquqning barcha jihatlari bo‘yicha taqriz qilingan maqolalardan tashkil topgan.


Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə