Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


ProQuest Research Library - ProQuest ilmiy tadqiqot ishlari kutubxonasi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə47/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

ProQuest Research Library - ProQuest ilmiy tadqiqot ishlari kutubxonasi
ProQuest Research Library - ProQuestning umumiy ta’limga oid ulkan ma’lumotlar bazasi hisoblanib, uning tarkibida 5000 nomdagi hujjatlar, jumladan, 4000 (ulardan 3600 tasi to‘liq matnli) davriy nashlar joylashgan. Ushbu ma’lumotlar bazasida 150 ta fanga tegishli turli ilmiy, sohaviy va ommabop jurnallar taqdim etilgan. Bundan tashqari, MBda gazeta va ma’lumotnoma nashrlar ham jamlangan. ProQuest Research Library ikki komponentdan tashkil topgan davriy nashrlarning tayanch ro‘yxati va 15 qo‘shimcha tematik modullar quyidagilar:

  • San’at

  • Biznes

  • Bolalar

  • Ta’lim

  • Umum ta’lim materiallari

  • Sog‘liqni saqlash

  • Gumanitar fanlar

  • Jahon davlatlari

  • Huquqshunoslik

  • Harbiy ish

  • Turli-tuman madaniyatlar

  • Psixologiya

  • Fan

  • Ijtimoiy fanlar

  • Ayollar uchun materiallar

Bu baza ilmiy-tadqiqot institutlari, kutubxonalar, o‘quv muassasalari uchun juda qo‘l keladi, chunki unga nafaqat umumiy ta’limga oid materiallar, balki tadqiqotchilarga mo‘ljallangan maxsus manbalar ham kiritilgan. Foydalanuvchilar uchun asosiy davriy nashrlar va tematik modullar bo‘yicha qulay qidirish interfeysi ko‘zda tutilgan. U bir vaqtning o‘zida tezda to‘liq natija olish va qidirishni maksimal aniqlashtirish imkonini beradi. ProQuest Research Librarydan 150 ta akademik fanlarga oid tashqi havolalar ham keng o‘rin olgan.
ProQuest Technology Collection
5 ta kuchli tematik MBni o‘z ichiga olgan yangi axborot resurslari ProQuestning inovatsion platformasida joylashgan:

  • ProQuest Illustrata Technology

  • ProQuest Advanced Technologies Database with Aerospace

  • ProQuest Materials Research Database with METADEX

  • ProQuest Engineering Research Database

  • ProQuest Computer Science Collection

ProQuest Technology Collection quyidagilardan iborat:
- 3500 dan ortiq ilmiy jurnallarning 1962 yilgacha to‘plangan to‘liq matni. 50% dan ortiq retsenziyalangan jurnallar.
- 30 mln.dan ortiq barcha turdagi hujjatlarning bibliografik va referat ma’lumotlari.
- 10 mln.dan ortiq ilmiy maqolalarning (jadvallar, grafikalar, fotosuratlar, kartalar va boshqalar) illustratsiyasi (aniq qidirish imkoniyatini yaratish maqsadida chuqurlashgan indekslashtirilgan ko‘rinishda olish uchun):
J urnallarning to‘liq matni;
Jadvallar va shakllar;
Bibliografik tezislar;
Ilmiy jurnallarning to‘liq matni - texnika fani va texnika sohasidagi injenerlik ishi, materialshunoslik, kompyuter texnologiyasi va shu qatorda fizika, kimyo, matematika, mashina qurilish, nanotexnologiya, elektronika, telekommunikatsiya, aerokoinot tadqiqot ishlariga tegishli barcha mavzulardagi minglab maqolalarga kirishni ta’minlaydi. Bibliografik va tezislar apparati-texnika sohasiga tegishli barcha turdagi axborot manbalarini, to‘liq matnlarga kirishni ta’minlaydi.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə