Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


«Digital Dissertations and Theses»



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə45/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

«Digital Dissertations and Theses»
Digital Dissertations and Theses - raqamli dissertatsiyalar va tezislar
«Digital Dissertations and Theses» - bu 80 nafar universitetlarning doktorlik va magistrlik dissertatsiyalarining elektron shakldagi to‘plami.
Ushbu kolleksiya dunyodagi eng to‘liq dissertatsiyalar va avtoreferatlar to‘plami hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar bazasida jahondagi turli xil universitetlarning 1,7 mingdan ortiq mualliflari ishlari o‘rin olgan.
• Hammasi bo‘lib 2,9 mln. atrofidagi tadqiqotlar
• 1,2 mlndan ortiq PDF formatida to‘liq matn bazasi
• Ma’lumotlar bazasi har hafta to‘ldirib boriladi
• Har yili 70000 dan ortiq hujjatlar bilan boyitiladi
• Arxivi 1637-yildan to hozirgi kungacha qamrab olinadi
• Rus tilidagi interfeys
Online ravishda rus tiliga boshlang‘ich 24 betni tarjima qilish imkoniyati mavjud, shuningdek tez kunda Xitoydan 500000 ta dissertatsiya olinishi rejalashtirilgan.
ProQuest Dissertatsiya va tezislar ma’lumotlar bazasini to‘liq va alohida tomlarda olish mumkin:
Tom A - umumiy va gumanitar fanlar bo‘yicha dissertatsiyalar
Tom V - aniq va texnik fanlar bo‘yicha dissertatsiyalar
ProQuest Dissertatsiya va tezislar ma’lumotlar bazasidagi barcha bilim sohalari zamonaviy multimedia kontentlarda joylashgan bo‘lib, ilmiy materiallarga yuqori sifatli darajada kirishni ta’minlaydi, qidiruv natijalari bilan ishlash xizmatlarini va yangi ProQuest platformasidagi boshqa noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Kirish imkoniyati IP-adres orqali chegaralanmagan holda va bir vaqtning o‘zida bir qancha foydalanuvchilar kirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga nusxa olish, saqlash va axborotlarni chop etish imkoniyatlariga egadir.
Dissertatsiyalar ma’lumot bazalari haqidagi axborotlar ProQuest saytining Products & Services: www.proquest.co.uk bo‘limida joylashtirilgan.
ProQuest Education Journals - ProQuest Jurnallari
ProQuest Education Journals - boshlang‘ich, o‘rta, oliy, maxsus va qo‘shimcha ta’lim sohalariga doir barcha fanlarga oid axborotlarni o‘z ichiga olgan to‘liq matnli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Bundan tashqari, MBda tarix, nazariya, o‘qitish metodologiyasi, ta’lim loyihalari va innovatsiyalariga oid ma’lumotlar ham jamlangan. Fanlararo xarakterga ega bo‘lgan maqolalar keng taqdim etilgan: ta’lim psixologiyasi, ta’lim sotsiologiyasi, bilimlar sotsiologiyasi, ta’lim siyosati, ta’lim menedjmenti va hokazolar.
Ta’limning ko‘rgazmali sistemasiga doir ma’lumotlar ham jamlangan: adabiyot, til, biologiya, geografiya, matematika fizika, san’at, jismoniy tarbiya va h.k.
MB tarkibi:

  • Jahon bo‘ylab nashr etilayotgan 900 dan ortiq ilg‘or jurnallar; ulardan 600 tasi to‘liq matnli;

  • Assotsiyatsiyalar, ilmiy uyushma va institutlar tomonidan nashr etilayotgan, 140 sohalararo nashrlar, masalan: American Annals of Death, Child Health Alert, Computers in Education, Learning and Training Innovation, Media and Methods;

  • Childhood Education, College Teaching, Harvard Educational Review, Journal of Athletic Training, Educational Theory, Quality in Higher Education kabi jurnallarning minglab to‘liq matnli maqola va illustratsiyalari bilan yaqindan tanishishni ta’minlaydi.

  • Ta’lim fanlariga qaratilgan sxemalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa grafik elementlar keltirilgan;

  • MB 1991-yildan boshlab shakllantirilgan;

  • Rus tilidagi interfeys, chet tilidagi maqolalarning rus tilidagi kompyuter tarjimasi, sodda va qulay qidiruv tizimi, qidiruv natijalarini saqlash, qog‘ozga chiqarish, jo‘natish imkoniyati kabi qulayliklar resursdan o‘quv jarayoni va ilmiy ishlarda foydalanishda o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar, talabalar va aspirantlar, ta’lim sohasidagi menejerlar uchun juda qo‘l keladi.

http://www.proquest.co.uk/enUK/catalogs/databases/detail/pq_ed_journals.shtml
ProQuest Education Journals MB haqida batafsil ma’lumot
http://proquest.com/tls/servlet/ProductSearch?platformID=1&externalID=7262&vdID=1
ProQuest Education Journals MB jurnallarining to‘liq ro‘yxati

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə