6 soat 48-mavzu: 1-ma’ruza. O’rta Osiyo xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir manbalar



Yüklə 18,71 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü18,71 Kb.
#139461
  1   2   3   4
Î÷è äàðñ ìàúðóçà ìàòíè. 26.03.2021


48-MAVZU: O’RTA OSIYO XALQLARINING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI
6 soat


48-MAVZU: 1-ma’ruza. O’rta Osiyo xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir manbalar.
2 soat
Reja

  1. O’rta Osiyo xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir manbalar.

  2. O’rta Osiyoda ingliz-rus raqobatchiligi

  3. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o’lkasining kartografik va harbiy – topografik holatining o’rganilishi.



Адабиётлар:

  1. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Т.: Шарқ 2000

  2. Зиёев Х.З Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т.Шарқ 1998

  3. Ўзбекистон тарихи. Қисқача маълумотнома Т.: Шарқ 2000

  4. Ж.Раҳимов. Ўзбекистон тарихи. Т.: Ўқитувчи 1999 19. Туркистон мустақиллиги ва бирлиги учун. Т. «Фан». 1996 й.

  5. Муҳаммад Юсуф Баёний. Шажараи Хоразмшоҳий. Т. Мерос 1991.

  6. Ибрат. Фарғона тарихи. Т. Мерос 1991.

  7. Мулло Ҳолибой Мамбетов Туркистон босқини. («Урус лашкарларининг Туркистонда тарихи 1269-1281 саналарда қилган футухотлари».). Т.2009.

1-masala. O’rta Osiyo xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir manbalar.
O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mambetovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi SHohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 18,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə