6 soat 48-mavzu: 1-ma’ruza. O’rta Osiyo xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir manbalar



Yüklə 18,71 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü18,71 Kb.
#139461
1   2   3   4
Î÷è äàðñ ìàúðóçà ìàòíè. 26.03.2021

«Opisanie Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi. 1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi. Xuddi shunday missiyalar Xiva va qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan. 1820 yilda kapitan Muravьyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravьyovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil Xivaga yurish qiladi va to’la mag’lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin «Opisanie zimnego poxodav Xivu (1839-1840gg)» nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa eklogik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar. 1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatьev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olishkerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi. Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yo’qligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlik ularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.

Мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар:


1. Ўрта Осиё хонликларининг подшо Россияси томонидан босиб олинишига доир манбаларни тавсифлаб беринг.
2. Ўрта Осиёда инглиз – рус рақобатчилиги нималарда кўринади?
3. Россия империяси томонидан Туркистон ўлкаси нима учун картографик ва ҳарбий топографик йўл билан ўрганилди?
4. Подшо Россиясининг Ўрта Осиёни забт этишга киришувида асосан нималарга эътибор қаратди?
Yüklə 18,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə