Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali


Grafda turg’unlik to’plami. Graflning ichki va tashqi turg’unliklar soni



Yüklə 345,08 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2023
ölçüsü345,08 Kb.
#109703
1   2   3   4   5   6   7
2-Mustaqil ish

2.Grafda turg’unlik to’plami. Graflning ichki va tashqi turg’unliklar soni.

XVIII asrda mashhur shvetsariyalik matematik, mexanik va fizik Leonard Eyler (1707-1783 yy) Kyonigsberg ko’prigi haqidagi masalani yechish uchun birinchi marta graf tushunchasidan foydalanadi. Hozirda bu masala klassik yoki Eyler masalasi nomi bilan mashhur: Shu davrda Kyonigsberg shahrida 2 ta orol bo’lib, ular Pregol daryosining 7 ta ko’prigi bilan birlashtirilgan edi. Masala quyidagicha qo’yilgan edi: Shahar bo’ylab shunday sayr uyushtirish kerakki, bunda har bir ko’prikdan bir marta o’tib yana sayr boshlangan joyga qaytib kelish kerak.


Eyler bunday sayr marshruti yo’qligini isbotladi.
Graflar nazariyasi diskret matematika fanining bir bo’limi bo’lib, unda masalalar yechimlari chizmalar shaklida izlanadi. Keyingi paytlarda turli xil diskret xususiyatlarga ega bo‘lgan xisoblash qurilmalarini loyihalashda graflarning ahamiyati yanada oshdi.



Ta’rif 1. (V, E) sonlar juftligiga graf deyiladi, bu yerda V – iхtiyoriy bo`sh bo`lmagan to`plam, E esa ning qism to`plami , bunda V to`plam elementlarining tartiblanmagan juftliklari to`plami. V to`plam elementlari grafning uchlari deyiladi, E to`plam elementlari esa grafning qirralari deyiladi.
Agar V chekli bo`lsa, graf chekli deyiladi, aks holda cheksiz graf deyiladi.
Qirra ikkita uch bilan aniqlanadi. Umumiy uchga ega bo`lgan ikkita qirra qo`shni hisoblanadi.
Grafning uchlari va qirralari to`plamini mos ravishda va kabi belgilanadi.

Ta’rif 2.
a) Agar grafda takroriy (karrali) qirralar mavjud bo`lsa, bunday grafga multigraf deyiladi.
b) Agar grafda karrali qirralar bilan birga uchni o`z-o`zi bilan tutashtiruvchi ilmoqlar ham mavjud bo`lsa, bunday grafga psevdograf deyiladi.
c) Yo`nalishga ega bo`lgan qirralari mavjud graf oriyentirlangan graf (orgraf) deyiladi.
Orgrafning qirralari ularning yo`nalishini ko`rsatuvchi strelkalar bilan belgilanadi.

Yüklə 345,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə