3.2-rasm
. Janubiy va shimoliy yarim shar.
22
3-rasm
. Xarita varaqlari nomenklaturasi:
1 – 1:1 000 000 va 1: 1:500 000 miqyosli (K-42 va K-42-A); 2 – 1: 200 000
miqyosli (K-42-I); 3 – 100 000 miqyosli (K-42-144); 4 – 1:50 000 miqyosli (K-42-
144-A); 5 – 1:25 000 miqyosli (K-42-144-A-a); 6 – 1:10 000 miqyosli (K-42-144-
A-a-1).
Topografik xaritalarning keyingi bo’linishida 1:100000 miqyosli xarita asos
qilib olinadi. Bunda u to’rtga bo’linib 1:50 000 miqyosli va u o’z navbatida yana
to’rtga bo’linib 1:25 000 miqyosli xaritalar hosil qilinadi. 1:25 000 miqyosli
xarita ham to’rtga bo’linsa 1:10 000 miqyosli xarita kelib chiqadi. Uning har bir
bo’lagi arab raqamlari (1 dan 4 gacha) bilan belgilanadi.Masalan, K-42-144-A-a-1.
Xarita nomenklaturasi orqali tasvirlangan hududning geografik o’rni,
miqyosi va har to’rtala tomonda joylashgan qo’shni varaqlarni ham aniqlashga
imkon beradi. Masalan, K-42-XXXVI nomenklaturali xarita miqyosi 1:200 000
bo’lib, Farg’ona varag’ini bildiradi. Uning shimolida K-42-XXX (Namangan),
sharqida K-43-XXXI (O’sh), janubida J-42-VI va g’arbida esa K-42-XXXU
(Qo’qon) nomenklaturali xaritalar varag’i joylashgan bo’ladi.
|